So’nggi yangiliklar

19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  0 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  2 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  5 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  13 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  7 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Muxtor Qurbonov: "Fevralda Turkiyada yig'in o'tkazamiz" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "Fevralda Turkiyada yig'in o'tkazamiz"

G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi bir yillik tanaffusdan so'ng yana oliy ligaga qaytdi.
Endi ular birinchi ligaga boshqa qaytmoqchi emas. SHu bois kelasi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rish niyatida. Bosh murabbiy Muxtor Qurbonov bilan suhbatlashganimizda, tarkibdagi o'zgarishlar xususida tayinli gap ayta olmasada, jamoaning qishki yig'in rejalarini malum qildi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni to'rt bosqichdan iborat bo'ladi. Hozir futbolchilar tatilda. Lekin biz murabbiylar yangi rejalar borasida ishlayapmiz. 15 dekabr kuni yigitlarni G'uzorda yig'amiz. 28 dekabrga qadar tiklanish mashg'ulotlarini olib boramiz. So'ngra yangi yil munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatli dam beriladi. Yangi yildan chinakam yig'in boshlanadi. Yanvar oyining uchinchi kunidan boshlab, Toshkentda yig'ilamiz va u erda 18gacha mashg'ulot o'tkaziladi. Keyin uch kun yana dam berib, 21 yanvardan yana poytaxtda to'planamiz. Ikki haftalik yig'in o'tilgach, qisqa muddat dam olamiz. 5 fevral kuni esa xorijga jo'nab ketamiz. Turkiyada 19 fevralga qadar bo'lishni rejalashtirganmiz. To'g'risi, hozir chempionat taqvimi yo'qligi uchun hozircha rejamiz shulardan iborat. Qolganini vaqt ko'rsatadi - deydi Muxtor Qurbonov.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика