So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Ноттингем Форест" "шпорлар"ни мағлуб этди ва ЧЛ йўлланмаси учун курашни давом эттирмоқда  0 02:11"Авелино" лаънатланган клубми? Нега ҳар сафар улар лигани ўзгартирса Рим Папалари вафот этади?  1 00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  5 00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  3 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  4 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  6 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  2 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   85 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  18 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  12 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0

Muxtor Qurbonov: "Birinchi bosqichda hammasi rejadagidek kechdi" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "Birinchi bosqichda hammasi rejadagidek kechdi"

O'z oldiga yana kuchlilar safiga chiqishni asosiy maqsadlardan biri sifatida qo'ygan "SHo'rtan" ushbu vazifani deyarli 60-70 foizga uddalab bo'ldi.
Sababi birinchi bosqichda umuman mag'lubiyatga uchramagan g'uzorliklar g'arb mintaqasida etakchilik qilish bilan birga, raqiblarini ko'p bor yirik hisoblarda mag'lubiyatga uchrata oldi. Bu esa jamoaning elitaga chiqish imkoniyatini birmuncha oshirib yubordi. 22 iyuldan yig'inni boshlagan "SHo'rtan" ikkinchi bosqichga ham astoydil tayyorgarlik ko'rmoqchi. Bu haqda bosh murabbiy Muxtor Qurbonov bilan suhbatlashganimizda, aytib o'tdi.

- Muxtor aka, boshqaruvingizdagi "SHo'rtan" birinchi bosqichni alo darajada yakunladi. Birorta ham mag'lubiyatga uchramagan jamoa tabiiyki o'z-o'zidan turnir jadvalida karvonboshchlikni o'z qo'liga oldi. Aytingchi birinchi bosqichdagi ishtirokinglardan shaxsan o'zingizni ham ko'nglingiz to'ldimi?
- Ha, birinchi bosqich reja asosida o'tdi. Biz o'ylagan barcha ishlarimizni amalga oshira oldik. Lekin bu bilan kamchiliklarimiz yo'q deya olmayman. Hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar ham bor. Davralar oralig'ida ushbu muammolarni bartaraf etishga urinamiz.

- Jamoangizni mag'lubiyatsiz o'tkazgan birinchi davrasi nima bilan bog'liq? "SHo'rtan" haqiqatdan ham kuchlimi yoki uning raqiblari kuchsizmi?
- Bilasizmi, bunga ikki xil manoda qarash mumkin. "G'arb" mintaqasidagi jamoalarni kamsitib, ularni chindan ham kuchsiz deb bo'lmaydi. Etibor bergan bo'lsangiz, o'z maydonimizdagi uchrashuvlarda yirik g'alabalarimiz soni ko'p bo'ldi. Safarda esa aksincha garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, bunga juda qiyin erishdik. Sababi shuki, maydonlarning xolati o'zimizning maydonimiz singari sifati zo'r emas. G'uzorda futbol o'ynash uchun maydonning xolatini ideal ko'rishga keltirishgan. Buning uchun mamuriyatga minnatdorchilik bildirib o'taman. SHuning uchun ham uy bahslarimizda o'zimiz xohlagan o'yinni namoyish etmoqdamiz. Safardagi uchrashuvlarda esa ko'proq bu narsa bizga muammo tug'dirmoqda. Qolaversa tan olish kerak, "SHo'rtan"ning tarkibi boshqalarga nisbatan kuchli. Mavsum boshida birinchi liga saviyasida tajribali bo'lgan o'yinchilar bilan tarkibni kuchaytirgandik.

- Nima deb o'ylaysiz, ikkinchi davrada ham "SHo'rtan" o'zini ko'rsata oladimi?
- Endi kuchli jamoalar saralanib, jiddiy kurash kechishi aniq. Oldimizga qo'yilgan vazifani uddalash uchun bor kuchni ishga solamiz. Ikkinchi bosqichda bizga qiyinchilik tug'dirishi mumkin bo'lgan jamoalar ko'p. Buni hozir yaxshi tushunib turibman. O'z navbatida biz ham davralar oralig'ida tayyorgarlikni yanada kuchaytiramiz.

- Ikkinchi bosqich arafasida qaysi chiziqlarni qo'shimcha futbolchi jalb etishni rejalashtirgansiz?
- Agar imkoni bo'lsa, hujum chizig'idagi raqobatni yanada kuchaytirishimiz kerak. SHuningdek markaziy yarim himoyada o'yinni o'z qo'liga ola biladigan etakchi o'yinchiga muxtojmiz. Biroq hozir bunday futbolchilar yo'q.


Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика