So’nggi yangiliklar

00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6

Muxriddin Axmedov: "Qo'qon-1912"da menga imkon berilmadi" Yangiliklar

Muxriddin Axmedov: "Qo'qon-1912"da menga imkon berilmadi"

Davralar oralig'ida PRO-Liga "V" guruhi ishtirokchisi "Yozyovon" jamoasidan "A" guruhi ishtirokchisi "Norin" jamoasiga ko'chib o'tgan darvozabon Muhriddin Axmedov saytimizga intervyu berdi.

- Salom Muhriddin! Yangi jamoaga moslashib oldingizmi?

- Assalomu alaykum! Rahmat, o'rganib qoldim. Umuman olganda "Norin" jamoasida ilgari ham o'ynaganman, shu bois jamoaga tezda kirishib ketdim.

- Davralar oralig'ida jamoangizni o'zgartirishingizga nima sabab bo'ldi?


- Ha, davralar oralig'ida "Norin" jamoasidan Rustam Do'rmonov menga qo'ng'iroq qilib, qiziqarli taklif bildirdi. SHuningdek, Pro-liga "A" guruhida  o'zimni sinab ko'rish istagi tug'ilgan edi. CHunki, "A" guruhida kuchli jamoalar bilan o'ynash imkoniyati bor.

- Sizga Superliga jamoalaridan taklif tushmadimi?


- Qishda Superliga jamoasi ishtirokchisi "Qo'qon-1912" klubi yig'inida ishtirok etdim. Ilgari bu jamoada o'ynaganman, malum bir sabablarga ko'ra, jamoadan ketgandim. SHundan beri avvalgi "Birinchi liga" va hozirgi "Pro-liga" jamoalarida o'ynayapman. Qishda "Qo'qon-1912" jamoasi yig'inida ishtirok etganimda to'g'risi menga imkon berilmadi, darvozaga qo'yib, sinovdan o'tkazishmadi. Men o'zi qo'qonlikman, agar "Qo'qon 1912" jamoasida o'ynaganimda menga qulay bo'lardi. Meni nima uchun bu chaqirishmaganini, yig'in vaqtida sinab ko'rmaganini tushunolmadim. Futbolda ishonch muhim narsa, men o'zimga ishonaman, "Qo'qon-1912" jamoasida o'ynab keta olaman.

Nima ham derdim, bu taqdir. Ayni damda "Norin" jamoasida hamma sharoitlar meni qoniqtiradi. "Yozyovon" jamoasiga ham mehrim baland, jamoa muxlislarini doim yodimda saqlayman.


Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика