Muxlislar Messidan Maskerano "Barselona" safidagi birinchi gol urishi uchun imkon berishini so'rashmoqda
16 fev 2016 12:27
Yangiliklar
Muxlislar Messidan Maskerano "Barselona" safidagi birinchi gol urishi uchun imkon berishini so'rashmoqda
"Barselona" muxlislari jamoa himoyachisi Xaver Maskerano borasida Messiga iltimos bilan chiqishdi.
Maskerano "Selta"ga qarshi bahsdan (6:1) so'ng, jamoada o'tkazgan o'yinlari soni bo'yicha Kataloniya klubi sobiq himoyachisi Ronald Kumanga etib oldi. Ammo Kumandan farqli o'laroq, Maskerano hozirgacha "Barselona" safida birorta ham gol urgani yo'q.
Muxlislar futbolchining erishga muvaffaqiyatlarini hisobga olib, bu nohaqlik deb hisoblashdi. Ular jamoa hujumchisi Lionel Messiga yuzlanishdi:
"Messi, Maskerano gol urishi uchun imkon bering. U "Barselona"ning haqiqiy yulduziga aylandi deb hisoblaymiz. Xaver jamoa uchun juda ko'p ishlarni amalga oshirdi va u kerakli hurmatga sazovor bo'lmayapti deb o'ylaymiz. Buning uchun Maskerano penalti tepishiga qo'yib bersangiz".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar