So’nggi yangiliklar

20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  0 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  0 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  1 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  1 19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  3 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  11 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  3 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  8 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  4 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  20

Mutolaa uchun. Rossiyaning OFKga o'tishi - to'g'ri qaror. Ammo, bu qaror Rossiya futbolini o'ldiradi Yangiliklar

Mutolaa uchun. Rossiyaning OFKga o'tishi - to'g'ri qaror. Ammo, bu qaror Rossiya futbolini o'ldiradi

Rossiya futbol ittifoqining (u bilan birga Rossiya terma jamoasi va klublari) OFKga o'tishi haqida anchadan beri muhokamalar bo'lmoqda.

Endi mish-mishlar va muhokamalar rasmiy xat va so'rovlarga aylandi.

Aftidan, RFIning UEFAdan chiqish qarori oldindan qabul qilinganga o'xshaydi. Rossiyadagi futbol rahbarlari JCH-2022da boshqa terma jamoalarning ishtirokini ko'ra turib, shuncha sabr qilish etar degan qarorga kelishgan. Rossiya jamoalari UEFA shafeligida o'tkaziladigan turnirlardan chetlatilganiga deyarli bir yil bo'ldi.

Bu RFI va Rossiyaning g'ururiga qattiq zarba berdi, sababi chetlatish sportning deyarli barcha turlariga tasir qildi. SHu sabab sport mutasaddilari bunday qiyin vaziyatdan chiqish yo'llarini izlay boshlashdi.



Birinchi navbatda, OFKga o'tish - Rossiya uchun to'g'ri qaror. Rossiya terma jamoasining Markaziy Osiyoning bir yo'la uch jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazgani bejiz emas. Bu Rossiyaga Osiyoda qanday munosabatda bo'lishlarini tekshirishdan boshqa narsa emasdi. Axir rasmiy turnirlarda ishtirok etish u yoqda tursin, hatto o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazish ham muammoga aylandi. Noyabr oyida avval rozilik bildirgan, ammo Rossiya bilan o'yindan voz kechgan Bosniya va Gercegovinani juda yaxshi bilamiz. Ammo, siyosiy jihatlar va bosim dastlabki qarorga tasirini o'tkazdi va bosniyaliklar yaxshi pul va yo'l harajatlari uchun to'liq kompensaciya taklif qilingan bo'lsa-da, Sankt-Peterburgga kelishmadi.

Rossiya OFKga o'tsa, nihoyat o'ynash va balki JCH-2026 saralashida ishtirok etish imkoniyatiga ham ega bo'lar. Lekin, barchasi ham chiroyli va oson emas.

Osiyo shunchaki katta emas, u juda katta. O'z vaqtida Okeaniyadan OFKga o'tgan Avstraliyaga "rahmat". Endi o'zingiz shartli ravishda "Zenit"ning "Adelaida" bilan o'yinga yo'l olishini tasavvur qiling. Bunday parvozga o'tishlarni hisobga olsa deyarli ikki kun ketadi!



Osiyo futboli - o'zgacha. Rossiya yangi voqelikka moslashishi uchun bir necha yil kerak bo'ladi. Va bu deyarli bir yil ketadigan bir konfederaciyadan boshqasiga o'tish davridan so'ng ro'y beradi.

OFKda pul kamroq. Taqqoslash uchun: OFK CHempionlar ligasi g'olibi 4 mln dollar oladi, UEFA CHempionlar ligasida esa shunchaki turnir pley-offiga chiqish uchun klublar ikki karra ko'proq olishmoqda. Murakkab logistikani hisobga olsak, Rossiyaning hatto "nolga" chiqishi ham omad juda ham yaxshi kelganini anglatadi.

Ammo, asosiy muammo klublar futboli bilan bog'liq. Balki Rossiya terma jamoasi Osiyoga o'tishi unchalik sezmasligi mumkin, sababi UEFAda ham Qirg'iziston va Tojikiston bilan darajasi teng jamoalar bor. Top-jamoalar JCH-2022da o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi va Rossiya terma jamoasi ham kamida shuni xohlaydi. Klublar nima qilishi kerak? Endi "Real" va "Yuventus" bilan o'yinlar o'rniga ularni "Al Hilol" va "SHarja" bilan o'yinlar (ularga hurmatni saqlagan holda) kutadi.



Evropa futboli - bu brend. Uni hamma joyda ko'rishadi, hamma unga tenglashtiriladi. Va shu sabab RFIning UEFAdan chiqishi asta-sekin Rossiya futbolini o'ldiradi. Sekin-asta, yildan-yilga, toki Evropadan chiqishni qarorga qilgan insonlar boshlarini changallab qolmagunlarigacha.

Rossiyaning OFKga o'tishidan Rossiyadan ko'ra ko'proq OFK yutadi. Osiyo futbol konfederaciyasi Osiyo kubogi uchun yana bir kuchli terma jamoa va ehtimoliy JCHga yo'l oladigan jamoaga ega bo'ladi, klublar miqyosidagi ichki turnirlar esa g'oliblik uchun kurasha oladigan kuchli klublarni oladi. Bundan tashqari, Rossiya - telehuquqlar sotuvi va boshqa turli xil hamorliklardan foyda olish mumkin bo'lgan katta bozor. Ammo, OFK UEFA bilan og'ir munosabatlar paytida o'zidan "o'tish punkti" sifatida foydalanishlariga yo'l qo'ymaydi.

Ertami-kechmi, barchasi tugaydi. UEFAga qaytish esa katta ehtimol bilan amalga oshmaydi. Aynan shu erda vaziyatning butun fojiasi bor: Rossiya qachon kelishi nomalum bo'lgan yorqin kelajak o'rniga kamroq narsaga rozi bo'lgan holda shu erda va hozir tanlaydi.


Nikolay Egorichev maqolasi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика