So’nggi yangiliklar

16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  5 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7

"Mustaqillik kubogi - 2018": “Yashnobod” finalga yo'llanma oldi Yangiliklar

"Mustaqillik kubogi - 2018": “Yashnobod” finalga yo'llanma oldi

Futbol bo'yicha Toshkent shahar ikkinchi liga jamoalari o'rtasida o'tkazilayotgan “Mustaqillik kubogi - 2018” musobaqasi finalchilari nomi malum bo'ldi.

Musobaqaning “V” guruhida o'tgan uch uchrashuvning barchasida zafar quchgan “Yashnobod” jamoasi yarim finalda “Sergeli” futbolchilari bilan kuch sinashdi. Teng kurashlar ostida kechgan mazkur bahsning 10-daqiqasida sergeliliklar hujumchisi Sanjar Yo'lchiev raqib darvozabonining poziciya tanlashdagi xatosidan unumli foydalanib, uzoq masofadan darvozani ishg'ol etdi va hisobni ochdi — 1:0.

O'yin debyutining bu tarzda kechishini kutmagan yashnobodliklar qolgan daqiqalarda bor etiborlarini hujumga qaratishdi. Bu tez orada o'z samarasini berdi. Oradan to'qqiz daqiqa o'tgach, yashnobodliklar vakili Alisher Ziyovuddinov jamoadoshi Abbos Amonovni juda qulay vaziyatga chiqardi. Darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqqan Abbos hisobni tenglashtirdi. Ammo uchrashuv bosh hakami ofsayd qayd etib, kiritilgan golni hisobga olmadi. Oradan yana o'n daqiqa o'tib, yashnobodliklar jarima maydonchasi yaqinidan jarima to'pini o'yinga kiritishdi va hisobdagi farqni yo'qqa chiqarishni uddalashdi. Afsuski, bu vaziyatda ham o'yindan tashqari holat qayd qilindi va gol inobatga olinmadi.
Tanaffusga 5-6 daqiqa qolganida baribir “Yashnobod” futbolchilari o'z maqsadlariga erishdi. Yashnobodliklarning tinib-tinchimas yosh va umidli hujumchisi Mirjalol Mirzaev tajribali darvozabon Artur Parvanovni dog'da qoldirishning uddasidan chiqdi — 1:1.

Ikkinchi bo'lim ham shiddatli va murosasiz kechdi. Har ikki jamoada ham bir qator golga tortadigan vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq darvozabonlar va himoyachilarning bexato harakatlari darvozalar daxlsizligini saqlab qoldi.

Yakunda jamoalar musobaqa nizomiga ko'ra, g'olib nomini penaltilar seriyasi orqali aniqlashdi. Unda “Yashnobod” jamoasining umidli va yosh darvozaboni Boburjon Haydarov chinakam mahorat ko'rsatdi. U “Sergeli” futbolchilaridan ikki nafarining zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'lib, o'z jamoasi g'alabasini taminlashga katta hissa qo'shdi. Penaltilar bo'yicha yakuniy hisob — 2:4! “Yashnobod” jamoasi “Mustaqillik kubogi — 2018” musobaqasi finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
“Mustaqillik kubogi — 2018”
Yarim final, 2018 yil 11 avgust.
“Sergeli” — “Yashnobod” — 3:5 (asosiy vaqtda — 1:1, penaltilar bo'yicha — 2:4).
Hakamlar: 
Ahrol Risqullaev, Doniyor Saylovov, Rishat Nugmanov.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev.
“SERGELI”: Artur Parvanov, Ilhom Usmonov, Abdulla Muhamedov, Mamur Ilhomov, Ilyosbek Mo'ydinov, Mehriddin Sindorov, Ravshan Teshaboev, Elbek Ko'paysinov, Abdulaziz Xalilov, Sanjar Yo'lchiev, SHoxnur Mengliev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sardor Yo'ldoshev, Asadbek To'xtashev, Aleksandr Muvalov, Azamat Xalilov, Xislat Xalilov, Nodir Sadullaev, Elbek Do'stbekov.
“YASHNOBOD”: Boburjon Haydarov, Tohir Isroilov, Islom Ismoilov, Abbos Amonov, SHokir Beknazarov, Firdavs Kenjaev, Abbos Saidkarimov, Bahodir Daminov, Alisher Ziyovuddinov, Mirjalol Mirzaev, Azamat Boymatov (s).
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mamurbek Nasriev, Rasuljon Rahmonberdiev, Yusuf Aliev, Bekzod Ahmedov, Rasul SHuhratov, Muhammadlaziz Omonaliev, SHamsiddin Sadullaev.
Gollar: Sanjar Yo'lchiev, Mirjalol Mirzaev.

Ikkinchi yarim final bahsida “Osiyo”FK jamoasi “Oqtepa” futbolchilarini mag'lubiyatga uchratdi — 3:2.
Final uchrashuvi 15 avgust bo'lib o'tadi. Unda “Yashnobod” — “Osiyo”FK jamoalari bosh sovrin uchun maydonga tushadilar. Uchrashuv “Obod” suniy qoplamali stadionida soat 17.00 da boshlanadi.

Reyting: -35   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика