Murod Otajonov: "Qosimov bilan aloqalarimiz saqlanib qoladi"
06 apr 2014 18:50
Yangiliklar

Murod Otajonov: "Qosimov bilan aloqalarimiz saqlanib qoladi"
"Dinamo" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Murod Otajonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugungi o'yin haqida nima deya olaman. Jamoa uzoq parvozlardan so'ng o'zlariga kelishdi. Muvaffaqiyatsiz o'yinlardan so'ng yigitlar ruhan o'zlariga kelib olishdi. Ko'rsatmalarimizni to'liq bajarishdi. G'alabaga erishishni ko'proq istagan jamoa g'olib bo'ldi. Agar "Dinamo"ni muxlislar shunday qo'llab turishsa jamoa yaxshi o'ynayveradi. Bejizga ularni 12-o'yinchi deb aytishmaydi. Samarqand jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman.
Qosimov jamoadan rasman ketgach birinchi o'yin bo'ldi. Lekin yillar davomida yig'ilgan murabbiylar shtabi hamon ishlamoqda. Mirjalol bilan aloqalarni saqlab qolamiz. U chetdan o'yinimizni ko'rib bizga maslahatlar berib turishi ham mumkin.
Yuriy Sarkisyan "Bunyodkor" bilan birga. Bugungi o'yinga kelmaganining sababi raqiblarimizning o'yinlarini ham kuzatish kerak. SHu bois bugun Yuriy Vazgenovich Samarqandga kela olmadi, - deydi Murod Otajonov

Fikrlar