So’nggi yangiliklar

22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  2 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  4 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  11 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  4 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  4 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  16 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  4 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  18 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7

Murod Otajonov: "30-daqiqalarda hisob 0:4 bo'ladi deb o'ylamagandik" Yangiliklar

Murod Otajonov: "30-daqiqalarda hisob 0:4 bo'ladi deb o'ylamagandik"

"Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvidan (1:5) so'ng "qaldirg'ochlar" ustozi Murod Otajonov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Murod Otajonov: "Futbol ikki taymdan iborat. Birinchi bo'limda umuman o'ynamay, ikkinchi taymda gol urishdan foyda yo'q. "Navbahor"ni tabriklayman. Birinchi taymda o'yin natijasini hal qilib, ikkinchi ikkinchi taymda taktik sxemalarini sinab ko'rdi. O'zgarishlardan so'ng o'yinimiz qovushib ketdi deb o'ylayman. Qaytaraman, futbol 2 taymdan iborat".

- Himoyachi Davron Ergashevning yo'qligi sezildimi?

- Albatta, Ergashevdek tajribali futbolchi yo'qligi tasir qildi.

- "Navbahor"dan shunday o'yin kutganmidingiz? Tezkor gol "Bunyodkor"ni sindirib qo'ydimi?

- "Navbahor" hamisha hujumkor futbol namoyish etgan. Ular safida 3-4 nafar terma jamoa vakillari to'p tepadi. 30-daqiqalarda 0:4 bo'ladi deb o'ylamagandik. Tezkor gol yigitlarni sindirib qo'ygani yo'q, ikkinchi bo'limda o'zimizga kelib, gol urishga muvaffaq bo'ldik. Birinchi taymdagi 7ta zarbaning 1tasi ustunga tegdi, 5tasi darvozamizga kirib ketdi. Raqibning tajribasi o'z so'zini aytdi.

- "Bunyodkor" bugun ikkinchi qavatdagi kurashlarning deyarli barchasida mag'lub bo'ldi. Jamoangiz standartlar ustida ishlamayaptimi?

- "Navbahor" bizdan ko'proq ishlayotganga o'xshayapti. Vaziyatlarda mashg'ulotlardagi kabi haraka qila olmadik.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика