Murod Ismoilov: "Vaziyatlardan unumli foydalandik"
23 okt 2013 19:14
Yangiliklar
Murod Ismoilov: "Vaziyatlardan unumli foydalandik"
"Paxtakor" - "Metallurg" o'yinidan keyin Murod Ismoilov bellashuv haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
Murod ISMOILOV (“Paxtakor” bosh murabbiyi): - Avvalgi uchrashuvlarda vaziyatlardan unumli foydalana olmayotgandik. Mashg'ulotlarda aynan shu jihat ustida ishlagandik va bugun raqib darvozasiga besh bor to'p kiritdik. Bu g'alaba biz uchun juda muhim edi. To'g'ri, gollarni huujmchilar urishmadi, lekin zamonaviy futbolda qanot yarim himoyachilari deyarli hujumchi vazifasini bajarishi zarur. Karimov va Qilichev shunday vazifani ado etishdi. Hali oldinda yana 3 tur o'yinlari bor va biz oxirigacha kurashmiz. Lekin taqdirimiz qolgan klublarning o'yinlariga bog'liq.
Oxirgi ikki uy o'yinida darvozamizdan besh to'p o'tkazib yubordik. Bu yaxshi ko'rsatkich emas, albatta. Himoyada ham ishlarimizni yaxshilashimiz shart. Endi mashg'ulotlarda himoyachilar bilan ishlashga kirishamiz, aftidan.

championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar