So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. "Динамо" Ғузорда камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди  12 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  37 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  1 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  23 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  1 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  3 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  4 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  7 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  15 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  13

Murod Ismoilov: "Rahbariyatdan istefo so'rayman" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Rahbariyatdan istefo so'rayman"

“Neftchi” – “Nasaf” (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Murod Ismoilov qatnashdi.
"Bazi g'iybatchi, g'alamis muxlislardan tashqari qolgan barcha muxlislarimizdan uzr so'rayman. Sababi shonli tarixga ega bo'lgan "Neftchi" bunday o'yin ko'rsatishi kerak emas. Ushbu mag'lubiyat uchun rahbariyatdan ham uzr so'rayman. Mag'lubiyatda bosh aybdor bosh murabbiy bo'ladi", - deb gap boshladi Murod Ismoilov.

"SHerzod Hakimov, Sardor Mirzaev jarohat tufayli uch haftaga safdan chiqishgan. Abdulloh Olimov, Sardor Rahmonov va Javohir Rasulov terma jamoaga chaqiruv olishgan. Aynan shu o'yinchilar bizga etishmadi. Lekin bu bahona emas, ularsiz ham bunday yomon o'ynamasligimiz kerak edi".

"Neftchi"ga kelib pulni tagida qolib ketganim yo'q. PRO licenziyasiga o'qish uchun barcha pullarni o'zim to'layapman".

"Rahbariyatdan bosh murabbiylik vazifasini boshqa insonga topshirishlarini iltimos qilardim. Muxlislarning ham sabri bor. Menga esa yoshlar jamoasi yoki yordamchi murabbiylik lavozimi berilsa bepul ishlashga ham tayyorman. Yoki butunlay jamoadan ketishim ham mumkin".

"Bunyodkor"ga qarshi o'yinda yigitlarda shijoat ko'rindiyu boshqa o'yinlarda bu narsa ko'rinmayapti? Bunga qo'shilmayman, har bir o'yindan oldin men yigitlarning ko'zida shijoat ko'rayapman. Balki men murabbiylikni eplay olmayotgandirman. Balki Andrey Fyodorov yoki Tohir Kapadzeni o'zi murabbiy bo'lar. Men oriyat tufayli bosh murabbiy lavozimidan ketmoqchiman. SHunday qilsak balki jamoa yaxshi natijalarga erishar. Agar men ketsam va barcha narsa yaxshilanib ketsa men bundan xursand bo'laman".

 
Komiljon Ikromov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика