So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Murod Ismoilov: "Fyodorov bosh murabbiylik vazifasini yaxshi bajarmoqda" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Fyodorov bosh murabbiylik vazifasini yaxshi bajarmoqda"

“Neftchi” – “Bunyodkor” bahsidan so'ng Farg'ona klubi murabbiylar shtabi vakili Murod Ismoilov “Ruxsor” TRK jurnalisti Hojiakbar Jabborovga intervyu berdi.

Murabbiy matbuot vakili bilan muloqotga kirisharkan, dastavval “Neftchi” – “Bunyodkor” o'yini haqida gapirdi va Andrey Fyodrovning bosh murabbiylik faoliyati yaxshi kechayotganini ham takidladi.

Bugun biz juda kuchli raqibga qarshi o'ynaydik, - deb gap boshladi Murod Ismoilov. Yigitlar barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajarib chiroyli g'alabaga erishishdi. Bu natija bilan rahbarlarni va klub muxlislarini xursand qildik deb o'ylayman. Bizni buyog'iga qiyin o'yinlar kutyapti va ularga jiddiy tayyorlanishda davom etishimiz lozim. Yana bir bor barcha “Neftchi” muxlislarini qutlayman.

-   Murod Muzaffarovich, birinchi davradagi “Bunyodkor” – “Neftchi” bahsida Toshkent klubi katta ustunlik qilgandi. Lekin bugun o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Bu “Neftchi” klubining o'sganidan dalolatmi?
-   “Bunyodkor” yaqinda bir qator qiyin bahslarda ishtirok etdi. SHuning uchun raqibda biroz toliqish bor edi. Undan tashqari “Neftchi” jamoasining o'yini ham qovushdi deb o'ylayman. Yigitlar barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi.

-   Siz bilan suhbatda bo'lganimizda, Murod Bobojonov haqida ko'p iliq fikrlar bildirasiz. Bugun yosh o'yinchi muhim bo'lgan golni kiritdi...
-   Ha, albatta. Murodjon golga chanqoq hujumchi. Vaziyatlardan foydalanishga urinadi. “Bunyodkor”ga qarshi bahsdan oldin “bugun Murodjon gol uradi-a” deb yaxshi niyat qilib turgandik. Niyatimiz amalga oshdi. Lekin baribir Murod o'z ustida ko'p ishlashi lozim.Kelajagi porloq yigit.

-   So'nggi vaqtlarda bosh murabbiylik vazifasini topshirganingiz ko'p muhokama bo'lyapti. Bu voqealikdan ranjigan muxlislar ham yo'q emas..
-   Nega ranjishadi? Sog'lig'im borasida muammo bor. Man ko'p aytaman, birinchi o'rinda “Neftchi”ning natijasi turadi. Qachonki, biron bir futbolchi yoki murabbiy jamoadan ustun tursa, bunda klubga yakun yasaladi. Hamisha klub manfaatlari birinchi o'rinda turish kerak. SHuning uchun bosh murabbiylik masalasidagi qaror juda to'g'ri bo'ldi deb o'ylayman. Yaratgan shukur, do'stim Fyodrov bu vazifani yaxshi bajaryapti. Men esa elkama-elka birga mehnat qilyapman. Andrey Fyodrov bilan mening g'oyalarim deyarli bir yo'nalishda. Bizning asosiy maqsadimiz, o'ylagan g'oyalarimizning amalga oshishi hisoblanadi. Mana Yaratganga shukur mehnatlar sekin-asta samara beryapti. Bilasizmi, men nimani tarafdoriman ? Farg'onada doimo mazmunli futbol bo'lsin.

“Ruxsor” TRK matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика