So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  1 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  4 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

Murod Ismoilov: "Bugungi kunda natija birlamchi bo'lib qoldi" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Bugungi kunda natija birlamchi bo'lib qoldi"

Murod Ismoilov "Metallurg"ga qarshi o'yin borasida batafsil.

Eng avvalambor Bekobodga kelgan ko'p sonli Farg'ona futbolining muxlislariga katta rahmat aytmoqchiman. Bugun stadionda biz o'zimizni o'z uyimizdek xis qildik. SHuningdek, bu erga kela olmasa ham, bizni qalbadan qo'llab kelayotgan  futbol ishqibozlariga ham minatdorchilik bildiraman va barchasini g'alaba bilan  tabriklayman.

O'yin xaqida gapiradigan bo'lsam, bu uchrashuvga har ikkala  tomon ham  bir xil ko'rsatkich bilan etib kelishgan edi. Ko'p mutaxassislarning takrorlashlaricha, chempionatda aynan 5 -  turga kelib kim qanday jamoa tuzganligi bilinadi. SHu nuqtai nazardan jamoalar faqat g'alaba uchun xarakat qilishi oydin edi. Qolaversa, biz raqiblarimizning chempionatdagi barcha o'yinlarini vidio orqali o'rganib chiqdik va shunga yarasha tayyorgarlikni ko'rdik. Bugun biz ko'proq himoyada o'ynashni maqul ko'rdik. Natijada to'g'ri yo'l tanlaganimiz malum bo'ldi.

Bugungi uchrashuvni, kombinaciyalarga boy,  chiroyli bo'ldi deyish qiyin. O'yindan va hisobdan qoniqdinizmi?

Hozir barcha jamoalarda ishlayotgan murabbiylarga bosim katta. Rahbariyat faqat g'alaba va yuqori o'rinlarni talab qiladi. Eng asosiysi jamoa muxlislari o'z klubini faqat yutishlarini xohlashadi va shunga yarasha munosabat bildirishadi. Bugungi kunda barcha jamoalarda  natija birlamchi bo'lib qolgan.To'g'ri chiroyli kombinacion o'yin ko'rsatish maroqli, hammaga yoqadi, lekin agar natija bo'lmasa o'sha chiroyli o'yin tatimaydi. Lekin ishontirib aytamanki, yaqin kelajakda chiroyli o'yinlar ko'p bo'ladi.

Malumki “Neftchi” yaqin o'tmishda mamlakatimizning eng kuchli jamoasi bo'lib kelgan. So'ngi yillardagi  turli qiyinchiliklar tufayli jamoa o'z mavqeini yo'qotib qo'ydi. Bugungi o'yindan keyin, bir kunga bo'lsa ham jamoa turnirning peshqadami bo'lib turibdi. Aytingchi “Neftchi” ning yomon kunlari ortda qoldimi?

Eng avvalambor, bu yilgi chempionat  boshqa yillariga qaraganda qiziqarli va shiddatli o'tishi aniq. Hozirdan 6 -7 jamoa Osiyo chempionlar ligasiga beriladigan o'rinlar uchun kurashishini elon qildi. Biz ham oldimizga OCHL beriladigan o'rinlardan birini olishga harakat qilamiz. Hozirda jamoa tiklanish jarayonlarini yashamoqda. Barcha ishlar olib borilmoqda. Birinchi navbatda klub infrastrukturasini  yangilashimiz kerak. Biz “Nasaf”, “Bunyodkor”, xatto Yangierdagi bazalarga xavas qilamiz. O'ylamanki, bizda ham yaqin kelajakda katta ishlar amalga oshiriladi. Lekin, agar natija bo'lsa, hammasi o'z o'rniga tushib ketadi.

Bugungi uchrashuvda “Neftchi”ning o'yinchilari sariq kartochkalar olishdi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limida  esa SH. Hakimov xatto  qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. Siz hakamlar hususida nima degan bo'lardingiz? 

Men hakamlarning ishiga baho bermayman. Buning uchun mutasaddi insonlar bor. Bugungi o'yinni boshqargan xakamlar mamlakatimizning eng kuchli, obro'li xakamlar qatoridan o'rin olgan FIFA referilari.  Men o'ylaymanki, berilgan barcha kartochkalar o'rinli va menda xakamlarga xech qanday etiroz yo'q.

Malumki, o'tgan yili jamoaning barcha talablarga javob beradigan  stadioni bo'lmagani uchun, o'yinlar saviyasi ancha tushib ketgandi. Bu yil ham chempionatni yangi stadionda boshlanishi kutilgan edi, ammo hozirgacha jamoa yangi stadionda o'ynamayapti. Bu borada biron bir yangilik bormi?

Albatta, biz ham chempionatni yangi stadionda boshlashni xohlagan edik. Xatto bunga yaxshi tayyorgarlik ham ko'rgandik, lekin bazi bir sabablarga ko'ra bu ish amalga oshmadi. Bugun menga kelgan habarlarga qaraganda, 18 aprel kuni “Mashal”  bilan bo'ladigan uchrashuvni aynan “Istiqlol” stadionida o'tkazamiz. Bu kunni nafaqat futbol muxlislari, balki biz ham katta intiqlik bilan kutayapmiz. Yangi stadionda o'yin ham boshqacha, ancha chiroyli bo'ladi. Barcha futbol muhlislarini 18-aprel kungi o'yinga taklif etamiz.

"Neftchi" matbuot hizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика