So’nggi yangiliklar

21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  0 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  464 20:38ЖЧ-2026 саралаши. Эрон – Қатар. Таркиблар аниқ!  8 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  2 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0

Murod Bobojonov: “Mavsumning qolgan o'yinlarida 6ta gol urishni maqsad qilganman” Yangiliklar

Murod Bobojonov: “Mavsumning qolgan o'yinlarida 6ta gol urishni maqsad qilganman”

O'z vaqtida “Neftchi” jamoasida kashfiyotga aylangan xorazmlik hujumchi Murod Bobojonov bu yilgi mavsumni “Surxon” jamoasida o'tkazmoqda.

. Jaroxatlar sababli malum muddat maydon tashqarisida yurgan 27 yoshli futbolchi asta-sekin avvalgi sport formasini tiklab bormoqda. “Surxon” safida u hozircha 18ta o'yinda ishtirok etib, o'z aktiviga 2ta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Etiborlisi har ikki golini ham vodiy jamoalari darvozasiga kiritgan. “Andijon” va “Navbahor”. Termizliklar ortda qolgan turda aynan Bobojonovning goli evaziga “Navbahor” ustidan muhim g'alabaga erishdi. Mazkur uchrashuvdan so'ng, biz uchrashuv qaxramoniga aylangan Murod Bobojonov bilan suhbatlashdik. 

- Murodjon, avvalo jamoangizning muhim g'alabasi bilan tabriklaymiz. O'yin xususida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Uchrashuvni ko'rgan bo'lsangiz qiziqarli va jangavor ruhda kechdi. Har ikki jamoaga ham g'alaba kerak edi. Ayniqsa “Surxon”ga o'z uyida uch ochko suv va havodek zarur edi. CHunki turnir jadvalida xavfli zonani tezroq tark etishimiz talab etilardi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermasdan, butun jamoa bo'lib, ijobiy natijaga erishish uchun astoydil kurashdik. Yigitlarga rahmat, maydonda borini berib xarakat qildi. Albatta o'z maydonimizda g'alaba qozonib, muxlislarga xursandchilik ulashganimizdan mamnunmiz. 

- Ushbu muhim g'alabadan keyin “Surxon”ni Superligada qolishiga qanchalik ishonyapsiz?

- Mazkur muvaffaqiyatimiz tabiiyki jamoadoshlarimni ruhiyatini yanada ko'tarib yubordi. Qo'lga kiritilgan g'alaba, bo'lajak uchrashuvlar oldidan bizga qo'shimcha motivaciya berishi aniq. Nasib qilsa oldimizda bizni kutib turgan yana bir qiyin o'yinda ham yutishga xarakat qilamiz. Ochig'ini aytganda, jamoaga autsayderlar qatorida yurishini emas, balki yuqori o'rinlarga ko'tarish uchun kelganmiz. SHuning uchun “Surxon”ni Superligada olib qolishdan tashqari, imkon qadar turnir jadvalida yuqori o'rinlarga ko'tarilishi uchun  bor kuchimiz bilan intilamiz. 

- Kelasi turda “Surxon”ni safarda “Turon” bilan jiddiy sinov kutib turibdi. Bu o'yinga tayyorgarlik qachondan boshlanadi?

-  Darhaqiqat, keyingi tur juda ham qiziqarli va kurashlarga boy bo'ladi deb o'ylayman. Har ikki jamoa ham Superligada o'z o'rnini saqlab qolish maqsadida g'alaba uchun borini beradi. FIFA kunlari munosabati bilan murabbiylarimiz jamoaga qisqa muddatli tatil elon qilgan. 6 oktyabrdan yig'ilib, bo'lajak muhim o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. 

- “Turon” jamoasini o'rganish jarayoni  boshlangan bo'lsa kerak?

- Ha, murabbiylarimiz darhol keyingi o'yin haqida rejalarni ishlab chiqib, raqibni o'rganish jarayonini boshlab yuborgan. Mashg'ulotlarimiz boshlangach, tayyorgarlik jarayonida bizga maxsus ko'rsatmalarni berishsa kerak.

- Bo'lajak raqib Sizda qanday taassurot qoldirmoqda? 

- “Turon” juda yaxshi jamoa sifatida shakllanmoqda. Tarkibida mahoratli va shu bilan birga iqtidorli o'yinchilar etarlicha. SHaroitlar borasida ham boshqalarga o'rnak bo'lmoqda. Superligada debyutant jamoa bo'lgani uchun “Turon”ga ozgina maxorat etishmayapti nazarimda. Birinchi davrdagi o'yinimiz ham qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechgandi. 

- Bu yilgi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Qaysidir manoda ko'nglim to'lyapti. Ammo bazi jixatlar bo'yicha qoniqmayapman. CHunki menda gol urish uchun ko'p vaziyatlar bo'ldi. Ammo ulardan unumli foydalana olmadim. SHuning uchun o'z ustimda ko'proq ishlab, bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman. 

- Nima uchun avvalgidek to'purarlar qatoridan o'rin egallamayapsiz?  Sizga nima etishmayapti?

- Bilasizmi bunday xolatlar har bir futbolchining faoliyatida uchrab turadi. Albatta har bir o'yinda maydonga faqat gol urish uchun chiqasiz. Lekin bazida sovuqqonlik etishmaydi. Ayrim xolatlarda omadingiz chopmasa bari urinishlariz bekorga ketadif. Bu – taqdir. Boya aytib o'tganimdek, har bir mashg'ulotda o'z ustimda astoydil ishlayapman. Nasib qilsa kelasi mavsum to'purarlar qatoriga kirishga xarakat qilaman. Bu yilgi chempionatning qolgan oltita o'yinida esa 6ta gol urishni maqsad qilganman. Xudo xohlasa o'z gollarim bilan “Surxon”ga muvaffaqiyat keltiraman. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика