So’nggi yangiliklar

23:07ОЧЛ2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  1 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  98 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  1 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  6 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  1 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  1 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  5 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0

Murabbiyning kuchi qachon ko'rinadi? Yangiliklar

Murabbiyning kuchi qachon ko'rinadi?

O'zbekiston MTJ noyabrda Qozog'istonni mag'lub etib, Rossiya bilan durang o'ynaganidan so'ng bir tanishim Srechko Katanecni rosa maqtab qoldi.

"Katanec haqiqatan zo'r murabbiy ekan, shuni oldinroq olib kelish kerak edi", deya baralla gapirdi. Men esa uning fikriga javoban Katanecning zo'rligini hali ko'rmadik, oldin bironta rasmiy o'yinda jamoani boshqarsin, keyin qanaqaligi bilinadi dedim. Nima demoqchi ekanimni quyida tushuntirishga harakat qilaman.

Sloveniyalik murabbiy 2021 yilning 27 avgustidan beri O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqaryapti va u bilan 4 yillik shartnoma tuzilgan. Srechko Katanec kelganidan beri O'zbekiston MTJ faqat uchta rasmiy bahs o'tkazdi. Endi raqiblarni qarang: SHri Lanka, Maldiv va Tailand. Osiyo Kubogi saralash bosqichida shu jamoalarni mag'lub etib, qita chempionatiga yo'l oldik. Uchta o'yinda to'plar nisbati 9-0. 

Undan keyin sentyabrda Kamerunni yutdik. Kamerun kecha Braziliyani yutdi! Noyabrda Qozog'istondan 2:0 hisobida ustun keldik, so'ngra Rossiya bilan 0:0 o'ynadik. Maqtagulik natijalar, to'g'ri, lekin bularning bari o'rtoqlik uchrashuvlari. Murabbiyning asl kuchi esa rasmiy o'yinda ko'rinadi. 

O'rtoqlik o'yiniga munosabat baribir boshqacha bo'ladi. Hamma erkin, stadionga bemalol keladi, bir-biri bilan chaqchaqlashadi, forma kiyadi va o'ynab ketadi. Ammo rasmiy o'yindagi xavotir bir hafta oldin boshlanadi. Bosim kuchayadi, yutqazib qo'ysak-chi degan xavotir paydo bo'ladi.

Bilasizmi, Katanec kelganidan beri hali bironta bosimi yuqori o'yin o'tkazmadi. Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi kuchli raqiblarni qo'ya turaylik, biz hech bo'lmasa Ummon, Iordaniya, BAA bilan uch ochkoli bahsda kurashib ko'raylik, keyin Katanecning kimligi ko'rinadi. 

Ushbu murabbiy boshchiligida SHri Lanka, Maldivlarni yutganimiz hech narsa emas! O'rtoqlik bahslarida Qozog'istonni yutib, Rossiya bilan durang ham hech narsa emas. Katanecning asl kuchi faqat ikkita musobaqada ko'rinadi: Osiyo chempionati va Jahon chempionatiga saralash. Bundan boshqa musobaqa biz uchun hech nimani anglatmaydi. SHu bois hozirdan Katanecni zo'r murabbiy deb osmonga otmagan maqul.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика