So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  2 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Murabbiyni almashtirgan "burgutlar" "avliyolar"ga qarshi, "arilar" Gvardiolani hafa qila olishadimi? APL prevyusi Yangiliklar

Murabbiyni almashtirgan "burgutlar" "avliyolar"ga qarshi, "arilar" Gvardiolani hafa qila olishadimi? APL prevyusi

Teglar :  PrevyuAPL
Kecha tunda Angliya Premer-ligasining 5-turiga start berildi.

Turni ochib bergan qarama-qarshilikda "Bornmut" klubi "Brayton"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Quyida 5-turning bugungi bellashuvlariga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 5-tur
"Kristal Pelas" – "Sautgempton"

16.09.2017, 16:30
"Selxerst Park"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir).

CHempionatning dastlabki 4 turida bitta ham gol urmasdan mag'lub bo'lgan "Kristal Pelas" Frank De Burni ishdan bo'shatdi. Endi jamoani Roy Xojson boshqaradi. 70 yoshli mutaxassis uchun startdagi eng yomon jamoani o'ziga keltirib olish oson bo'lmasa kerak. Lekin, unda tarkib borasida tanlov yaxshi.

"Sautgempton" mavsumni o'rtacha boshladi. Lekin, jamoa hujumida muammolar bor. O'tkazib yuborilgan gollar urilgan gollardan ko'p 3-4.



"Liverpul" – "Bernli"
16.09.2017, 19:00
"Enfild roud"
Bosh hakam:
Rodjer Ist (Uiltshir).

Oxirgi ikkita omadsiz o'yindan keyin Klopp "Liverpul"ni "Bernli"ga qarshi qanday tayyorlar ekan? Bunga bugun guvoh bo'lamiz. "Qizillar" o'tgan turda "Manchester Siti"dan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib olishdi. Hafta o'rtasida esa ECHL 1-turida o'z maydonida "Sevilya"ni mag'lub eta olmadi - 2:2. Mersisaydliklar uyda daxshatli kuchga aylanishlarini inobatga oladigan bo'lsak, bugun SHon Daych shogirdlariga ancha qiyin bo'ladi.

"Bernli" chempionatni juda yaxshi boshlashdi. Avvaliga birinchi turda amaldagi chempion "CHelsi" mag'lub etildi - 3:2. Orada "Tottenxem" bilan durang (1:1)dan keyin o'tgan turda "Kristal Pelas"ni 1:0 hisobida engdi va de Burning istefoga chiqishiga sababchi bo'ldi.

Manesiz o'ynaydigan mezbonlar tarkibida Koutinoning asosiy tarkibda tushish ehtimoli katta. Klopp jamoasiga hozir bitta chiroyli g'alaba zarur. Buning uchun uydagi o'yin eng yaxshi imkoniyat.



"Nyukasl" – "Stok Siti"
16.09.2017, 19:00
"Sent-Jeyms Park"
Bosh hakam:
Styuart Atvell (Nunaton).

Rafael Benites boshchiligidagi "Nyukasl" mavsumni ikkita mag'lubiyat bilan boshlaganidan keyin "Vest Xem" va "Suonsi"ni nolga o'ynab mag'lub etdi. 6 ochko jamg'argan "qarg'alar" turnir jadvalining qoq markazida turishibdi.

Mark Xyuz boshchiligidagi "Stok Siti" esa o'tgan turda kimsan "Manchester Yunayted"dan ochko tortib oldi (2:2). Lekin, jamoa o'sha-o'sha o'rtamiyonaligicha qolmoqda. SHunchaki, "Stok" etakchilar hamisha keskin qarshilik ko'rsatib keladi.



"Xaddersfild" – "Lester"
16.09.2017, 19:00
"Gelfarm"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir).

APLda "Xaddersfild" ertagi 3 tur davom etdi. Bunga o'tgan turda qiyin holatga tushib qolgan "Vest Xem" yakun yasadi. Bilich jamoasi debyutantni taslim etdi. Birinchi mag'lubiyat "Xaddersfild"ni "sindirdimi" yoki aksincha buni bugun bilib olamiz.

"Lester"ga esa taqvim juda noqulay keldi. "Tulkilar" dastlabki 4 turda "Arsenal" (3:4), "Manchester Yunayted" (0:2) va "CHelsi" (1:2) kabi gigantlarga qarshi o'ynab ulgurishdi. "Brayton"ga qarshi kechgan bahsda esa SHekspir shogirdlari 3 ochko olishdi.

Mavsumni super boshlagan debyutant va uchta mag'lubiyatga qaramay o'yin jihatidan juda yaxshi taassurot qoldirgan jamoa o'rtasidagi bellashuv qiziqarli kechishini taxmin qilish mumkin.



"Uotford" – "Manchester Siti"
16.09.2017, 19:00
"Vikarij Roud"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester).

Premer-ligada hali mag'lubiyatga uchramagan jamoalar qarama-qarshiligi. Mark Silva jamoasi chempionatni juda yaxshi boshladi. 4 o'yindan keyin 8 ochko to'plagan "Uotford" jadvalda to'rtinchi pog'onada bormoqda.

"Manchester Siti" oxirgi ikkita o'yinda super formada ekanligini ko'rsatib qo'ydi. APLda so'nggi turda "Liverpul"ni "qaqshatgan" "shaharliklar" ECHLda "Feyenoord"ni ham yirik hisobda engishdi. Hozircha, Gvardiola shogirdlari 10 ochko jamg'argan holda hamshaharlari "Yunayted" bilan turnir jadvalini boshqarib turishibdi. "Siti" XXI asrda "Uotford"ga umuman yutqazmagan (8 g'alaba, 2 durang).



"Vest Bromvich" – "Vest Xem"
16.09.2017, 19:00
"Xautorns"
Bosh hakam:
Pol Tirni (Lankashir).



"Tottenxem" – "Suonsi"
16.09.2017, 21:30
"Uembli"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll).

Mavsum boshida biroz oqsagan "Tottenxem" oxirgi haftani ishonch bilan o'tkazdi. CHempionatda "Everton" (3:0), ECHLda esa "Borussiya" (3:1) mag'lubiyatga uchratildi. Pochettino shogirdlari bu yil ham chempionlik poygasida jiddiy raqobat qilishlarini namoyon etishdi. Qizig'i, "shporlar" bu mavsum APLda uyda hali yutishmadi. "CHelsi"dan mag'lubiyat (1:2) va "Bernli" bilan durang (1:1).

"Suonsi" esa turnir jadvalida ikkinchi o'ntalikdan joy olgan va mavsum davomida ham o'sha atroflarda yursa ajab emas.

"Tottenxem" uchun "oqqushlar" qulay raqib hisoblanishadi. Londonliklar uelsliklarni 10 marotaba mag'lub etishgan va 2 bor durang o'ynashgan.




Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика