So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  1 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  11 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  1 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Murabbiylar yo'l qo'ygan katta xatolar (TOP-4) Yangiliklar

Murabbiylar yo'l qo'ygan katta xatolar (TOP-4)

Mashhur murabbiylar bosgan xato qadamlar haqida fikr yuritamiz.

Xulen Lopetegi – "Real Madrid"

Ispaniyalik mutaxassis 2018/2019 yilgi mavsumga qadar bir necha yil Ispaniya terma jamoasini boshqargan. Ushbu boshqaruv davomida murabbiy "qizil furiya"ning eng yaxshi murabbiylari qatoriga o'z nomini qo'shib qo'yish arafasida edi, chunki Ispaniya bilan ketma ket 20 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya qayd etgandi. 

2018 yilgi Jahon chempionati arafasida Madridning "Real" klubi mutaxassisga "qaymoqranglilar" murabbiyi bo'lish taklifini bergach, u bunga rozilik bildiradi. Biroq bu xato yo'l edi. Avvalo, Jahon chempionati arafasida terma jamoani tashlab ketish – eng nomaqbul ishlardan biri. CHunki yangi murabbiy jamoa bilan til topishib ketishiga vaqt kam qolgandi. 

SHundan keyin butun futbol ommasi, jumladan, Ispaniya hukumati ham Lopetegining bu qilmishini qoralab chiqdi. Xulen "Real"da deyarli hech nima qila olmadi. Atigi 14 o'yin o'tkazdi (6 g'alaba, 6 mag'lubiyat hamda 2 durang) va "Barselona"ga qarshi yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng ishdan bo'shatildi.

Ronald Kuman – "Barselona"

Niderlandiyalik sobiq futbolchi, tirik afsona – Ronald Kuman Kataloniya klubini qabul qilib olishdan avval o'z yurti terma jamoasiga ustozlik qilib, yaxshi natijalar ko'rsatayotgandi. Niderlandiya termasi uning murabbiyligi ostida Evropaning grand jamoalari sifatida ko'rila boshlagan edi. 

"Barselona" Kuman bilan aloqaga chiqib, uni klubga taklif qildi. 2020 yilda kataloniyaliklar "uzoq kutgan" Ronald Kuman "ko'k-anorranglilar" murabbiyi sifatida ish boshladi. Yoshlarga ko'proq ahamiyat qaratishni niyat qilgan mutaxassisning "Barsa" uchun yagona qilgan yaxshiligi Pedri, Puch, Fati kabi bo'lajak yulduzlari kashf qilgani bo'ldi. Murabbiyning "Barsa"dagi umumiy natijasi – 67 o'yin, 39 g'alaba, 16 mag'lubiyat hamda 12 durang. Uning so'nggi o'yini "Rayo Valekano"ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyat bo'ldi.

Devid Moyes – "Manchester Yunayted"

Manchester jamoasining bir mavsumlik, eng omadsiz murabbiyi deb hisoblanadigan Devid Moyes, shaxsan klub afsonasi ser Aleks Fergyuson tomonidan taklif qilingandi. "Everton"da yaxshi natijalar qayd etgan mutaxassis "qizil iblislar" safidagi bir yil ichida keyingi taqdirini hal qilib ketdi. 

Jamoa uning qo'l ostida 51 o'yin o'tkazib, 27 g'alaba, 15 mag'lubiyat hamda 9 durang qayd etdi. Devid Moyes 2014 yilning aprelida ishdan chetlashtirildi. "Manchester Yunayted" esa mavsumni 7-o'rin bilan yakunladi. Fergyusondan keyingi bu sho'ng'ish Moyesning darajasini o'rtamiyonadan ham pastlatib yubordi.

Marchello Lippi – Italiya terma jamoasi

Italiyalik murabbiy Marchello Lippi vatani termasi bilan 2006 yilda Jahon chempioniga aylangan. 1982 yildan keyingi Jahon chempionligini Apennin yarimoroliga qaytargan murabbiyga 2010 yil Janubiy Afrikada o'tkazilgan Jahon chempionatida qatnashuvchi jamoa ishonib topshiriladi. Ammo shu yili ideal tarkibdagi terma Paragvay, Slovakiya hamda Yangi Zellandiya mavjud bo'lgan guruhda birorta o'yinda g'alabaga erisha olmaydi hamda so'nggi o'rinni egallaydi. 

SHundan so'ng Lippi o'z ixtiyori bilan Italiya murabbiyligini tark etadi.

SHuhrat Homidov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика