Murabbiylar, hakamlar va O'FF xodimlari attestaciyadan o'tkaziladi
23 noy 2017 17:34
Yangiliklar
Murabbiylar, hakamlar va O'FF xodimlari attestaciyadan o'tkaziladi
O'zbekiston Futbol Federaciyasi xodimlar malakasini oshirish, o'z kasbining mutaxassisi bo'lgan insonlar federaciya tarkibida ishlashini taminlash maqsadida O'zbekistondagi murabbiylar, hakamlar va viloyat futbol federaciyalari xodimlarini attestaciyadan o'tkazilishini malum qiladi.
Attestaciya davomida murabbiy, hakamlar va federaciya xodimlarining kasbiy mahorati, bilimi, jismoniy holati maxsus tuzilgan komissiya azolari tomonidan sinovdan o'tkaziladi.
Attestaciyadan muvaffaqiyatli o'tgan xodimlar o'z faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Attestaciyadan o'tolmagan murabbiy, hakamlar va federaciya xodimlariga faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berilmaydi.
Bu kabi chora-tadbirlardan maqsad O'zbekiston Futbol Federaciyasi tarkibidagi xodimlarning mahoratlarini oshirish, ularning o'z ustilarida ishlashga yo'nalish berishdan iborat.
Fikrlar