So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

"Mumbay Siti" ustozi: "Navbahor"da jismonan baquvvat yigitlar yig'ilgan" Yangiliklar

"Mumbay Siti" ustozi: "Navbahor"da jismonan baquvvat yigitlar yig'ilgan"

"Mumbay Siti" ustozi Desmond Bukingem "Navbahor"ga qarshi bo'ladigan OCHL guruh bosqichi 2-tur o'yini oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Des Bukingem: "Tungi soat 03:30da Namanganga qo'ndik va bizni tantanali kutib olishdi, buning uchun rahmat aytaman. Yaxshi dam oldik va bahsga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz.

Guruhimizda kuchli jamoalar bor va "Navbahor" "Al Hilol" bilan durang qayd etdi, shu sababli ularni ham kuchli deyish xato emas. Bu jamoaga qarshi bahs yuqori darajada o'tadi deb o'ylayman.

"Navbahor"da qaysi futbolchini alohida ko'rsata olasiz? Ularni alohida ajratib ko'rsata olmayman, jamoada kuchli futbolchilar yig'ilgan. "Al Hilol" - "Navbahor" uchrashuvini kuzatdik. Natijadan hayron qoldim.

"Navbahor" haqida qanday malumotga egaman? Ushbu klubda jismonan baquvvat yigitlar yig'ilgan, jamoa murabbiyi ham juda iqtidorli. U katta tajribaga ega.

"Navbahor" va "Mumbay Siti" o'rtasida katta farq bor, jamoa bungacha xalqaro turnirda ishtirok etgan, biz esa bu turnirda yangimiz. Endigina ikkinchi marta musobaqada qatnashyapmiz. Har bir o'yin bizga ulkan tajriba beradi.

OCHLda har bir xato qimmatga tushishi mumkin, ammo bu xatolar jamoaga tajriba to'plashga yordam beradi. Muxlislar bizga ishonishda, jamoani qo'llab-quvvatlashda davom etishsa, ularga yaxshi o'yinlar namoyish etamiz.

"Mumbay Siti" Mumbaydagi mehmonxonalarga o'xshash ekan. Parvozdan charchagandik, shuning uchun iloji boricha yaxshi dam olib, tiklanishga etibor qaratdik".

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика