So’nggi yangiliklar

20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  0 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  1 19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  2 18:54ОЧЛ-2. "Насаф" - "Кувайт СК" 1:2 (матнли трансляция)  151 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  12 17:42Умарали Раҳмоналиев: "АПЛда ўйнашни хоҳлардим"  10 17:14Ўзимизнинг карикатура: Ақлдан озаётган Пеп  7 16:47Қаршида бугун ОЧЛ-2 ўйини бор. Стадиондан "қайноқ" суратлар  2 16:14"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди"  20 15:45 Рустам Турдимуродов: "Навбаҳор" бизга қарши финал алами билан майдонга чиқади"  15 15:12"Бу ўйинни ўзимиз бериб юбордик"  7 14:50Сервер Жепаров Суперлиганинг энг кучли 5 мураббийи ва 5 футболчиси номини айтди  8 14:20"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0 13:52"Бавария" "Барселона"дан учралган 1:4 дан кейин кетма-кет 7та ўйинда гол ўтказмай ғалаба қозонди  2

Mulohaza uchun mavzu. Ilgiz Tantashev va O'zFHM. Qars ikki qo'ldan chiqadi Yangiliklar

Mulohaza uchun mavzu. Ilgiz Tantashev va O'zFHM. Qars ikki qo'ldan chiqadi

Mirjalol Qosimov tabiri bilan aytganda: "Hech narsa qilmagan odamgina xato qilmaydi".

 Xudo yaratgan mavjudotlar orasida faqat insongagina fikrlash, tafakkur qilish qobiliyati berilgan. Tabiiyki, u ong ostida, malum bir ish jarayonida ayrim lahzalarda xatoga yo'l qo'yadi, chunki u faol holatda. O'z o'rnida xatoga zamin yaratadigan omillar paydo bo'ladi. O'tgan haftada muhokama markazida bo'lgan «Surxon» - «Nasaf» uchrashuvidagi hakamlik va belgilanmagan penalti yuzasidan ko'pchilikda turli fikrlar yangradi. SHu o'rinda, menda ham ayrim mulohazalar yo'q emas. 


1. Vaziyat aslida qanday sodir bo'ldi?

O'yin ko'pchilik o'ylagandek to'liq «Nasaf»ning ustunligi ostida o'tgani yo'q. «Surxon» ham kurash taqdim qildi, hisobda ortda borayotib oldingi chiziqda tempni oshirdi. O'z-o'zidan bunday holatlarda keskinlik yuzaga kelishi aniq. SHunday vaziyatlarning birida «Surxon» jamoasi hujumga o'tdi va «Nasaf» himoyachisi G'olib G'aybullaev Jahongir Abdusalomovni yiqitdi. Bosh hakam o'sha soniyadayoq penalti yo'qligiga ishora qildi. Bu uning o'zi qabul qilgan va ikkilanmagan qarori. Vaziyatga esa VAR aralashdi va to'g'ri qildi, chunki bu erda natijaga tasir qiladigan omil yuz bermoqda. Yakunda o'yin taqdiri hal bo'lib ketishi hech gap emasdi. VAR monitori oldiga Tantashevning o'zi bordi va vaziyatni diqqat bilan ko'rdi. Baribir yakunda o'z qarorida qoldi va 11 metrlik nuqtani ko'rsatgani yo'q. Qoidaga ko'ra, oxirgi qaror bosh hakamga bog'liq, VAR esa faqat yordamchi rolida bo'lishi mumkin xolos. 

Endi ekspertlarga yuzlanamiz

Hakamlik bo'yicha Championat.asia eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram-kanali) «Surxon» - «Nasaf» uchrashuvining oxirida sodir bo'lgan vaziyatni tahlil qildi.

"Vaziyat oddiy emas. Birinchi kamerada himoyachi to'pga birinchi bo'lib tekkandek tasavvur uyg'onadi, shu sababli uchrashuvni davom ettirish mumkin. Himoyachi sirpanish orqali ehtiyotkorlik bilan to'pni qaytarishga uringan. Hujumchi to'pga tega olmagani, ammo to'p traektoriyasini o'zgartirgani ko'ringan.

Afsuski, VAR quyidagi vaziyatga aralashdi:

A) Bosh hakam 99% haq edi;

B) Xato ko'rinmagan. VAR bunday takroriy lavhalar bilan vaziyatga aralashishga haqqi yo'q. VARning xatosi.

O'yin oxirida noaniq bo'lgan ko'rsatmalarga ishonmay, o'z qarorida qolgan hakamni maqtash kerak" - dedi Anatoliya Sinyaev.

 

O'zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlariga ko'ra, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi.  

9-vaziyat: "Surxon" - "Nasaf" bellashuvi: bahsli penalti.

"Surxon" - "Nasaf" bahsining 90+1-daqiqasida nominal mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi qarshiliklar jarima maydonida raqibi bilan to'p uchun kurashda yiqildi. Bosh hakam Ilgiz Tantashev esa VARdagi uzoq tekshiruvdan keyin vaziyat penaltiga tortmasligini qayd etdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu holatda hujumchi qulay vaziyatga chiqib borayotgan bir vaqtda himoyachi tomonidan to'xtatib qolindi. SHuningdek, mehmonlar vakili birinchi to'pga emas, raqibning oyog'iga zarba berganini ko'rish mumkin. Bu erda penalti uchun asos etarli edi va Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini noto'g'ri, deb topdi.

Mazkur vaziyat sababli Ilgiz Tantashev chiqargan qaror qo'mitaga oshirildi. 

1. O'sha vaqtda vaziyatni takroran ko'rish uchun kadrlar etarli emas, isbot ham kam edi. Buni Tantashev va VAR o'rtasidagi muloqotda ham eshitdik. Hakam kerakli kadr berish kerakligini so'ramoqda, VARdagilar esa ikkilangan holda mahsulotni bera olayotgani yo'q. 

- U to'pga teginmoqda.

- To'xtang, stop. To'xtang, orqaga. Narigi darvozani orqasidan bering endi. 

- To'pga teginyapti.

- Bo'ldi, menda boshqa kadr yo'q. 

2. O'zFHM bergan video tasvirda Tantashev va VAR o'rtasidagi muloqot ovozi dastlab bor edi. Bugun shu mavzu yuzasidan havolaga kirganimda video O'zFHM yutub kanalida emas, balki boshqa kanalda, ovozsiz holatda chiqib keldi. Nima uchun? SHpakning magnitafoni, elchining medaloni. Agar mumkin emas deb topishgan bo'lsa, nima uchun boshida tasvirlar ovoz bilan joylashtirildi?

3. O'zFHM o'tgan yilgi yig'ilishda isbot bo'lmasa, penalti belgilash kerak emasligini aytgandi. Bu narsa barcha hakamlarga malum qilingan. Demak, O'zFHM hakamlar ekspertlari bu qoidaga amal qilishmaydimi?

2. VAR kameralari soni ko'paytirilmas ekan, bundan battariga tayyor turavering

SHaxsan men o'sha yig'ilishda ham taklif berganman, VAR kameralari ko'paytirilmas ekan, bundan battar vaziyatlar yuzaga chiqib kelaveradi. Aynan Tantashev bilan bog'liq holatda ham asosiy to'siq shu bo'ldi. Qars ikki qo'ldan chiqadi. Bugungi kunda O'zbekiston sharoitida 1 ta o'yinda 5+1 kameralardan foydalanilmoqda. Oshpazning taomi uning mahsuloti qandayligiga bog'liq. Xuddi shunday hakamda ham ham VAR taqdim qilayotgan tasvirlar uning butun boshli qarorini o'zgartirib yuborishga qodir. O'zbekistonga VAR olib kirildi, rahmat. Lekin navbatdagi qadamni tashlash vaqti kelmadimi? Advokatlik qilish niyatidan yiroqdaman, biroq o'sha vaziyatda bosh hakam juda qiyin holatda qolgandi. O'ziga ishondi va penalti belgilamaslik qarorini qabul qildi. Hakamda kutishga va qayta-qayta ko'rishga 1 kun vaqt yo'q, sekundlar hal qiladi. 

3. Qo'mitaga ishi oshirilgan Tantashev OCHL finalida ishlaydi

Ilgiz Tantashev Osiyo Kubogidan keyingi katta o'yinni boshqaradi. OCHL finalida hakamlarimizni har yili ko'ravermaymiz. So'nggi marotaba 2019 yil qita finalida o'zbekistonlik referi Valentin Kovalenko ishlagan. Tantashev Ermatov, Kovalenkodan keyin uchinchi bo'ldi. Yozda esa hakamni Parij Olimpiadasi kutmoqda. 

Bu maqoladan maqsad kimnidir yonini olib chiqishmas, qars ikki qo'ldan chiqishi kerak.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика