So’nggi yangiliklar

19:34"Бавария" Меньян учун "Челси" билан рақобатлашади  0 19:07Интизом — энг муҳими. Аморим МЮда қатъий қоида жорий қилди  0 18:41Қозоғистон клублари Левченко, Абрамов ва Кападзега қизиқмоқда  7 18:14Салоҳ етакчилигидаги Миср Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  5 17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  1 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  2 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  6 16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  1 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  2 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  4 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  4

Muhsin Nizomiddinov: "Xorazm" bilan futbol o'ynab bo'lmaydi" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Xorazm" bilan futbol o'ynab bo'lmaydi"

Pro-liganing 19-turida "Xorazm" maydonidagi durangdan keyin "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin teng kurashlar ostid desak, to'g'ri bo'lmaydi. Ikki xil bo'limlar bo'ldi. Birinchisida o'zimiz o'ylagan maqsadga deyarli erishdik. Ikkinchisida esa bir darvozaga o'yin bo'ldi. Biroq biz o'ylagan ish bo'lmadi. 

- Aynan qanday xatolar bo'ldi?

- O'yinda xato ko'p. Men nimani nazarda tutgandim, bilasizmi, "Xorazm" jamoasi ikkinchi bo'limning 60-daqiqasidan keyin juda ko'p vaqt cho'zdi. Bu birinchi bo'limda boshlangandi. Durang ham ularni qoniqtirardi. "Xorazm" bilan futbol o'ynab bo'lmaydi.

- Sanat SHixovning zaxirada qoldirilishiga sabab nimada?

- Taktika. Ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirishi kerak edi. U yoshi katta futbolchi. Ammo hozirda u yosh futbolchilardan ham yaxshi ekan. O'zini ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda alohida rejamiz bor edi. SHu sababli uni maydonga tushirdik.

- "Xorazm"dan o'tgan SHahzod Beshimovning o'yinidan qanchalik ko'nglingiz to'lyapti?

- Ikkinchi davrada o'ynagan deyarli barcha futbolchilardan ko'ngil to'lyapti. Yozda o'zimizga kerakli futbolchilarni oldik. SHahzod yomon emas, kelajagi bor futbolchi. Odatda futbolchilar sobiq jamoasi oldida o'zini ko'rsatishi tabiiy hol. SHu sababli unda bosim kuzatildi.

- Bugungi o'yinda Beshimovga yaxshi pas beradigan futbolchi bo'lmadi.

- Menimcha bugun o'yin davomida to'p bilan eng ko'p bo'lgan futbolchi Beshimov bo'ldi. Siz ham o'yinni men kabi katta hissiyotlar bilan ko'rganga o'xshaysiz. Men ham hali buni taxlil qilib chiqishim kerak. Safardagi o'yinlarda hujumchilarda bir-ikkita vaziyat bo'ladi. O'shandan foydalanish kerak. Bugun unda golli vaziyat ko'p bo'ldi. Bittasidan foydalanganda barchasi yaxshi bo'lardi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика