So’nggi yangiliklar

09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  0 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  1 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  1 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  11 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0

Muhsin Nizomiddinov: "Qo'l ostimdagi futbolchilardan ko'nglim to'q" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Qo'l ostimdagi futbolchilardan ko'nglim to'q"

Pro-liga 11-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "G'ijduvon" (5:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. G'alaba bilan jamoamiz azolari va muxlislarini tabriklayman. Bugun ayni muxlislarga yoqadigan tomoshabop o'yin bo'ldi.

- Ikkinchi davra oldidan jamoani kuchaytirish rejasi bormi?

- Qo'l ostimdagi futbolchilardan ko'nglim to'q. Bizni oldinda "Aral" bilan o'yin kutib turibdi. Hozir etiborni shunga qaratamiz. SHundan keyin bu haqida o'ylab ko'rishga fursat bo'ladi.

- Bobur Qosimovning erta zaxiraga olinishiga izox bersangiz...

- Bu taktik almashinuv bo'ldi. Gol o'tkazib yubordik, hujumni kuchaytirish maqsadida Qosimovni almashtirdik. Bobur ancha muddat davom etgan jarohatdan so'ng maydonga qaytgandi. Tajribali futbolchi, "Surxon" bilan o'yinda ham uni maydonga tushirdim. Murabbiylar shtabi ko'rsatmalarini bajarib berayapti.

- "Aral" bilan o'yin suniy maydonda bo'lib o'tadi. Jamoa bunga tayyormi?

- Har bir o'yinda o'z oldimizga qo'yilgan maqsadni amalga oshirishga harakat qilamiz. Klublar mavjud sharoitdan kelib chiqib maydonni tayyorlayapti. Suniy maydonda ham yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика