So’nggi yangiliklar

23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:20BALLON D'OR-2025  23 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  9 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  11 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  38 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  10

Muhsin Nizomiddinov: "Hech kimdan kam joyimiz yo'q" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Hech kimdan kam joyimiz yo'q"

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Ikki tomon ham g'alaba uchun harakat qildi. Natija "Mashal" tomonida bo'ldi.

- Siz bugungi o'yin qaydnomasida texnik direktor sifatida ko'rsatildingiz. Jamoada bosh murabbiy yo'qmi?

- Bosh murabbiy borasida anchayin izlandik. Rahbariyatning so'ngi qarori bilan bosh murabbiylik vazifasi menga ishonib topshirildi. Maqsad sari intilishda harakat qilamiz. 

- Bugun "Mashal" bir kishi kam bo'lib jamoangizni mag'lub etdi. Guruhdagi vaziyatni qanday baholaysiz?

- Men murabbiy sifatida jamoadan har bir o'yinda g'alaba hohlayman. Bu borada ishlayapmiz. Ko'rdinglar, oz bo'lsada, shuncha yo'l bosib, Qo'qondan kelib, bizga muxlislik qilishayapti. Har doim ular uchun harakat qilishimiz kerak. "Surxon" bilan o'yinga ham faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Biz uchun raqibning ahamiyati yo'q. Masalan, "Nasaf" bilan ham yigitlar yomon harakat qilishmadi.

- Jamoa oldidagi maqsad qanday?

- Bugun yutqazganimiz jamoa oldida maqsad yo'qligini anglatmaydi. "Qo'qon-1912"ni Superligaga qaytarish uchun ishlayapmiz. Bugun ko'p futbolchilarni ko'rib oldim. Yosh yoki tajribali futbolchi, biz hammaning imkoniyatlarini chamalab olishimiz kerak. Kimdir o'ynamayapti, keyin o'ynab ketadi. Maqsadimiz yuqori, shu vazifa yo'lida intilamiz. Hech kimdan kam joyimiz yo'q.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика