So’nggi yangiliklar

17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  5 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  7 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  1 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  11 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  16 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11

Muhsin Nizomiddinov: "Biz hali maqsadimizga erishganimiz yo'q" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Biz hali maqsadimizga erishganimiz yo'q"

Pro liganing so'nggi turidan o'rin olgan "G'ijduvon" – "Qo'qon-1912" (1:8) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, natija kutganimizdek bo'ldi. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun Pro liganing oxirgi uchrashuvi edi. Endi oldindagi 2 ta pley-off o'yiniga tayyorlanamiz", – deydi Muhsin Nizomiddinov. 

- "Qo'qon-1912" maqsadsiz jamoaga aylanib borayotgandek...

- Jamoani qabul qilib olganimda 5 ochko ortda edik. Ikkinchi davrada vaziyatni o'nglashga harakat qildik. Ayrim o'yinlarda biroz omadimiz kelmadi. Superliga sari oxirigacha harakat qilamiz. Har bir jamoada maqsad bo'ladi. Maqsadsiz jamoa, deyish noto'g'ri. Maqsadimiz – Superligaga chiqish. 

- Jamoa birinchi bo'limda qandaydir sust o'ynadi. Buning sababi nima?

- Birinchi bo'limda ko'proq pressing uyushtirib o'ynadik. Raqibni to'psiz qoldirishga harakat qildik. Ikkinchi taymda o'zgarishlar amalga oshirildi. O'ylagan maqsadimizga erishdik. Futbolchilar individual kuchli, qanday o'ynashni biladi, lekin jismoniy kuch etishmadi. Bu vaziyatga tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi bo'limda vaziyatimiz ko'p bo'ldi, foydalana olmadik. Ikkinchi taymdagi har bir vaziyatimiz gol bilan yakunlandi. 

- Jamoa chempionlikni olib, Superligaga chiqishiga nima etishmadi?

- "Dinamo" ham, "Lokomotiv" ham oddiy jamoalar emas. Ular bilan raqobat qilib, yakunda etib oldik, lekin omad etishmadi. Keyingi o'yinlarga maksimal darajada tayyorgarlik ko'ramiz. Biz hali maqsadimizga etganimiz yo'q.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика