So’nggi yangiliklar

00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  0 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  7 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  23 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5

Muhim musobaqa ostonasidagi OTJ haqida - SHahboz Beg'amov Yangiliklar

Muhim musobaqa ostonasidagi OTJ haqida - SHahboz Beg'amov

"Championat.asia" sayti ijodkori SHahboz Beg'amov Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati oldidan Lyubinko Drulovich boshqarayotgan OTJ haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Xudo xohlasa 2020 yili Tokio Olimpiadasiga O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan iborat komandamiz chiqishiga ishonyapman. Zo'r avlod yig'ilgan.

Har bir chiziqda raqobat mavjud va tanlovdagi futbolchilar katta futbol havosidan nafas olishga ulgurgan va elkasida tajribasi ham bor. Birgina o'ylantirayotgan jihat murabbiy. Yani Lyubinko Drulovichni biz hali chinakam rasmiy o'yinlarda ko'rganimiz yo'q va etarli xulosa paydo bo'lmagan. Lekin nisbatan oxirgi o'yinlarda OTJning o'yini o'sgandek tuyuldi. Murabbiy ishlayotgani ko'rindi. Muhimi, bu Osiyo chempionatida ko'rinishi lozim. Guruh oson emas, lekin avval ham aytganimdek, maqsad Olimpiadami, demak mazkur "kvartet"dan bemalol o'tish lozim.

Murabbiy qo'l ostidagi futbolchilar tanlovi, ularning mahorati yoki boshqa nyuanslardan etiroz qilolmaydi. Kerakli yig'in va sharoitlar ham muhayyo etildi. Muhimi, shtab Tailanddagi musobaqada yakdil bir jamoani to'play olib, asosiy tarkib bo'yicha to'g'ri qarorga kela olsa bo'lgani. Tarkibning o'zagi "Nasaf", suyagi "Bunyodkor"dan iborat. Kerakli "nuqta", yani balansni topish qolgan. Janob Drulovich bu vazifani uddalashiga tilakdoshmiz.

Negadir shu safar Olimpiadaga chiqishimizga ishonch bordek. Bunga sabab yaxshi va paytida yig'ilgan avlod meni ishontirmoqda", - deb yozadi saytimiz ijodkori va AGMK matbuot kotibi o'zining telegram kanalida SHahboz Beg'amov.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика