So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  16 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Muhammad Yusuf xotira turnirida “CHAMPIONAT.ASIA” ikkinchi bo'ldi Yangiliklar

Muhammad Yusuf xotira turnirida “CHAMPIONAT.ASIA” ikkinchi bo'ldi

SHu kunlarda mamlakatimiz bo'ylab O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi keng nishonlanmoqda.
Joylarda ijodiy kechalar, tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilyapti.

Jumladan, bugun poytaxtimizdagi “Jar” sport majmuasining kichik arenasida Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan futbol turniri o'tkazildi. O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston futbol federaciyasi hamda Terma jamoalar markazi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada jurnalistlardan iborat jami 6 ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda ishtirok etdi.



Qura natijasiga ko'ra, “A” guruhidan - “Milliy tiklanish”, “Yoshlik” jurnali, “CHAMPIONAT.ASIA”, “V” guruhidan - “O'zbekiston futboli”, MTRK (O'zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi terma jamoasi), “Sport” telekanali jamoalari joy olishdi.

“A” GURUHI O'YINLARI
“Milliy tiklanish” - “CHAMPIONAT.ASIA” - 1:3
“Yoshlik” - “Milliy tiklanish” - 0:3
“Yoshlik” - “CHAMPIONAT.ASIA” - 1:2

“V” GURUHI O'YINLARI
“O'zbekiston futboli” - “Sport TV” - 2:1
MTRK - “O'zbekiston futboli” - 5:0
MTRK - “Sport TV” - 3:0

O'z guruhida 3-o'rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichida 5-o'rin, 2-o'rin egalari 3-o'rin, guruh g'oliblari esa, turnir g'olibligi uchun hal qiluvchi finalda to'qnash kelishdi. Demak, natijalar bilan tanishing:

5-o'rin uchun o'yin: “Yoshlik” - “Sport TV” - 4:4 (pen. bo'yicha 3:2)
3-o'rin uchun o'yin: “O'zbekiston futboli” - “Milliy tiklanish” - 6:2
FINAL: MTRK - “CHAMPIONAT.ASIA” - 0:0 (pen. bo'yicha 2:0)
SHu tariqa, guruh o'yinlarini yuz foizlik natija bilan yakunlagan jamoamiz hal qiluvchi final uchrashuvida O'zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi terma jamoasiga faqatgina penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Asosiy vaqtda bir nechta golga tortadigan vaziyatlar sodir etilgan bo'lsada, lekin bundan futbolchilarimiz unumli foydalana olishmadi. Ha mayli, tayyorgarliksiz ishtirok etgan jamoa uchun vice-chempionlik ham yomon natija emas. Bu safar bo'lmasa, kelgusi safar albatta chempionlik shohsupasiga ko'tarilamiz.



Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi. Marosimda turnir tashkilotchilaridan biri, O'FF Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov xassos shoir Muhammad Yusufni shunday xotirladi.  

- Sevimli shoirimiz Muhammad Yusufning barcha sherlari xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan, ularning ko'pchiligi hofizlar tomonidan kuyga solingan. Betakror ijod sohibi, sherlarida Vatan va yorga muhabbat, mehr-sadoqat, go'zallik va nafosatni madh etgan shoir ijodi samimiyligi, xalqchilligi bilan ajralib turadi. Bu yil Prezidentimiz Qaroriga binoan respublikamiz miqyosida Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi keng nishonlanyapti. O'z o'rnida biz ham ushbu qutlug' sanaga o'z xissamizni qo'shish maqsadida O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda jurnalistlar o'rtasida futbol turnirini tashkil etdik. Mana hozir ushbu musobaqani ko'tarinki kayfiyatda yakunladik. O'ylaymanki, bu musobaqa ananaviy bo'lib qoladi.

Taqdirlash marosimida g'olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari topshirildi. SHuningdek, bir nechta nominaciya bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi. Bizning jamoadan ham ikki kishi o'z yo'nalishlarida tengsiz bo'lishdi. Eng yaxshi himoyachi nominaciyasida ikkinchi qavatdagi kurashlarda umuman yutqazmagan Bahodir Mirzaev haqli ravishda g'olib chiqdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика