So’nggi yangiliklar

00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  1 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  1 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  4 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3

Muhammad Kone: "Anchagina yaxshi shakllangan jamoani mag'lubiyatga uchratdik" Yangiliklar

Muhammad Kone: "Anchagina yaxshi shakllangan jamoani mag'lubiyatga uchratdik"

O'zbekistonning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” klubi Oliy liga-2017 doirasidagi ilk uchrashuvini o'tkazdi.

“Temiryo'lchilar” ilk turda Muborakning “Mashal” jamoasini safarda mag'lub etib, yangi mavsumni muvaffaqiyatli tarzda boshlashdi.

Yangi mavsum oldidan “Loko” safiga kelib qo'shilgan ivuarlik himoyachi Muhammad Kone klub matbuot xizmatiga “Mashal”ga qarshi bahs hamda OCHL doirasida o'tgan “Al Ahli” bilan o'yin to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– CHempionlar Ligasi doirasidagi ilk uy uchrashuvimizda g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Zero ilk turda kutilmaganda Saudiya jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ydik. Natijada “Al Ahli”ga qarshi bahsda o'z ishqibozlarimizni hafa qila olmasdik. SHukr, ushbu vazifani uddalay oldik va jamoamiz xarakter namoyish etgan holda Dubay klubini mag'lub etdi.

Ushbu o'yindagi g'alaba bizga Oliy liga doirasida o'tgan “Mashal”ga qarshi o'yinda ham kuch berdi, deya olaman. Zero biz Muborakka amaldagi chempion sifatida tashrif buyurdik va anchagina yaxshi shakllangan jamoani mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdik. “Mashal” ancha tartibli o'yin namoyish etdi. Biroq biz ushbu uchrashuvda faqat va faqat 3 ochkoni ko'zlagan holda maydonga chiqqan edik. Binobarin mamlakat chempioni va kubogi sohibi ekanmiz, boshqa jamoalarni xurmat qilgan holda o'ynashimiz lozim. Qolaversa, o'z muxlislarimizni har bir o'yinda xushnud etishga urnishimiz kerak bo'ladi. Ular bizni mavsumdagi ilk uy uchrashuvimizda ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Umid qilamanki, muxlislarimiz keyingi  bellashuvlarda ham stadionga kelib jamoamizga shijoat berib turishadi, – deydi mahoratli himoyachi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика