So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  5 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  22 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  225 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Muhammad Al SHlhub - OCHLda o'ynash bo'yicha saudiyaliklar afsonasi Yangiliklar

Muhammad Al SHlhub - OCHLda o'ynash bo'yicha saudiyaliklar afsonasi

OFK sayti Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etuvchi davlatlarning eng kuchli futbolchisini aniqlash borasida so'rov o'tkazyapti.

Avvalgi so'rovnoma eronlik futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan bo'lib, bunda "Persepolis" himoyachisi Jalol Hosseyni OCHLda o'ynash borasida eronliklar afsonasi deb topilgandi. 

Saudiya Arabistoni futbolchilari o'rtasida o'tkazilgan ikkinchi so'rovnomada faoliyatining to'liq qismini "Al Hilol"da o'tkazgan Muhammad Al SHlhub bu borada saudiyaliklar afsonasi deb topildi. Al SHlhub 57% ovoz bilan birinchi o'rinni egalladi. So'rovnomada jami 42,971 muxlis ishtirok etdi. 

Malumot uchun, Muhammad Al SHlhub OCHLda 13 mavsumdan beri ishtirok etib kelyapti. U 2000 yil 19 yoshida "Al Hilol" bilan Osiyo klublar chempionatida zafar quchgan. O'tgan mavsum esa OCHLda ham g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

Al SHlhub hozir 39 yoshda, lekin hali futbolni tugatgani yo'q. U hamon jamoa sardori hisoblanadi. SHlhub saudiyalik futbolchilar orasida Osiyo chempionlar ligasida eng ko'p o'yin o'tkazgan.

 

So'rovnomada ikkinchi o'rin Muhammad Nurga nasib etdi. U 30% ovoz to'pladi. OCHLda 9 mavsumni o'tkazgan Muhammad Nur asosan "Al Ittihod"dagi o'yinlari bilan yodda qolgan. 2000 yillardagi "Al Ittihod"ning "oltin davri" yodingizdami, o'shanda jamoani Nursiz tasavvur qilib bo'lmasdi. Muhammad Nur 2004 yil o'z jamoasi bilan OCHL bosh sovrinini qo'lga kiritgan.

 

Uchinchi o'rinni "Al Hilol"ning boshqa bir futbolchisi, hozirgi kunda jamoa etakchisi Salim Al Dovsari egalladi. U 9% ovoz jamg'ardi. Al Dovsari 8 mavsumdan beri OCHLda o'ynab kelyapti. U o'z klubida Salman Faraj, Yosir Al SHahrani kabi futbolchilar bilan bir qatorda turadi. Al Dovsari 2011 yil "Al Hilol"da debyutini o'tkazgan.

 

To'rtinchi o'rindagi Nosir Al SHamroni 2% ovoz to'pladi. OCHLda 10 mavsumni o'tkazgan ushbu hujumchi shu paytgacha bir nechta gollar urgan. Agar Muhammad Al SHlhub bilan Muhammad Nur faqat bitta jamoada o'ynab OCHLda o'zlarini ko'rsatgan deb hisoblasak, Nosir Al SHamroni bir qator klublarda maydonga tushgan.

 

Al SHamroni OCHLda ilk bor 2006 yil "Al SHabab" safida maydonga tushgan. SHundan so'ng "Al Hilol"da o'ynagan. Bir muddat "Al Ayn" safida foaliyat olib borgan hujumchi oxirgi yillarda "Al Ittihod" bilan xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etyapti. 

Va nihoyat mazkur so'rovnomada Saud Kariri 1% ovoz bilan oxirgi bo'ldi. Kariri OCHLda 11 mavsumni o'tkazgan. Albatta, u gol uradigan futbolchi emasdi, lekin maydonda katta hajmdagi ishni bajarardi. O'z paytida Saudiya Arabistoni terma jamoasi sardori bo'lgan Saud Kariri 2004 yil "Al Ittihod" safida OCHLda ilk bor maydonga tushgan. Ushbu yarim himoyachi OCHL finallarida 4 bor maydonga tushgan (2004, 2005, 2009, 2014) yagona futbolchi hisoblanadi.

   

So'rovnoma natijalari:

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика