So’nggi yangiliklar

09:48"Челси" Жексонга нарх белгилади  1 09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  3 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  5 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  4 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  1 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  4 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  2 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   30

Muborak shahrida paralimpiyachilar munosib taqdirlanishdi FOTO Yangiliklar

Muborak shahrida paralimpiyachilar munosib taqdirlanishdi FOTO

Teglar :  ParalimpiyaMuborak
Muborak tumanida yana bir tantanali marosim bo'lib o'tdi.

Biraziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan yozgi paralimpia o'yinlarida sportning suzish turi bo'yicha mutloq g'olib bo'lgan sportchilar Fotima Amilova, SHoxsanam Toshpo'latova va Dimitriy Xorlin Muborakdagi "Bahrom Vafoev" stadionida minglab muxlislar qarshisida munosib taqdirlandilar.

Aytib o'tish joizki, ushbu chempionlarimizni nufuzli musoboqada qatnashishlarini taminlashda bosh homiylik qilgan yurtimizdagi yirik korxona, Muborak Gazni Qayta Ishlash Zavodi (MGQIZ) bevosita keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirdi.

Yurtimiz bayrog'ini balndlarga ko'tarib, yuksak marralarni zabt etgan g'oliblarimiz, Fotima Amilova uchta medal (oltin, kumush va bronza) qo'lga kiritgan bo'lsa, SHoxsanam Toshpo'latova esa ikkita bronza medalini o'ziniki qildi. Yana bir sportchimiz Dimitriy Xorlin esa kumush medalga ega chiqdi.

Bosh homiy Muborak Gazni Qayta Ishlash Zavodi (MGQIZ) g'oliblariga Kobalt avtomashinalarini topshirdi. Tantanali marosimni, Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar SHaropovich Ro'ziev kirish so'zi bilan ochib tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Marosimda maratabali mehmonlar, Muborak Gazni Qayta Ishlash Zavodi (MGQIZ) direktori Elmurod Qurbonov, Muborak tuman hokimi Panji Egamberdievich Allaqulov, Muborak Neft Gaz Konlar boshqarmasi boshlig'i SHermat Juraqulovich SHamsiev, viloyat IIB boshlig'i Dilshod Tursunbaev, viloyat prokuraturasi boshlig'i Salom Samadov Ismatovichlar va yana bir qancha martabali mehmonlar ishtirok etdilar.

SHundan so'ng, tadbirga taklif etilgan xonandalar, Umirzoq Quvvatov va O'zbekiston estradasi yulduzi Sevinch Mo'minova tadbirga kelganlarga o'z chiqishlari bilan manzur bo'ldilar. Tadbirda ishtirok etgan tuman Kamolot YIH va bir qancha maktab, kollej o'quvchilari ishtirok etdilar. SHu kuni markaziy stadionning qaysi burchagiga qaramang mustaqil hur O'zbekistonimizning bayrog'i hilpirab turardi. Bunday ajoyib tadbirlarga nazar solib, yurtimiz haqiqatdan jannatmakon diyor ekanini his etasiz.

Quyida etiboringizga bayram tantanalaridan fotolavahalarni taqdim etamiz


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика