So’nggi yangiliklar

17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  0 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  1 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  4 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  5 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  28 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  7 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  16 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  10 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  4 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5

Mubin Ergashev: "O'rtoqlik o'yinida natija muhim emas" Yangiliklar

Mubin Ergashev: "O'rtoqlik o'yinida natija muhim emas"

O'rtoqlik o'yini doirasidagi "Olmaliq" - "Istiqlol" (1:1) uchrashuvidan so'ng tojikistonliklar bosh murabbiyi Mubin Ergashevning fikrlari bilan qiziqdik.


- Tayyorgarlik bosqichi doirasidagi o'yinlarda natija muhim emas. "Olmaliq"qa qarshi o'yin sizlarning ham, bizlarning ham muxlislarga zavq ulashdi deya olaman. O'yinga keladigan bo'lsak, himoyachimizning maydondan chetlatilishi bizga qimmatga tushdi. SHuningdek, ushbu chetlatish bizning bazi rejalashtirilmagan taktik o'zgarishlarga qo'l urishimizga sabab bo'ldi. Umuman olganda o'yindan ko'nglim to'ldi. Yana qaytaraman, o'rtoqlik bahsida natija birinchi o'rinda emas. Asosiysi futbolchilarning holati.


- O'tgan mavsum jamoada ikki nafar ispaniyalik futbolchi o'ynagandi, ular ketishdi. Hozir Akmal Xolmatov, Oleksandr Koblash kabi yangi futbolchilarni ko'rdik...
- Ha bu futbolchilar jamoamiz ko'rigida. Ispaniyalik futbolchilarga javob berib yuborildi. Akmal Xolmatov hali jismonan o'yinlarga tayyor emasligi ko'rinib qoldi. SHuningdek, jamoamizning sobiq futbolchisi Davron Ergashev ham qaytdi. Ergashev ham hali jismonan tayyor emas. Bu ikki futbolchi tajribali, haqiqiy professionallar. Tez orada Xolmatov va Ergashev o'z sport formasini tiklab olishiga ishonaman.

- O'zbek jamoalaridan ham ko'z ostingizga olib qo'ygan futbolchilar bormi?
- Ha, "Olmaliq"dagi Arslonmurod Amonovning o'yinlari bizga yoqdi. Uni ham kuzatib yuribmiz. O'zbek futbolchilar ham yaxshilar etarli. SHunchaki bizda o'ylash uchun oz vaqt bor va shuning uchun tanlovda adashmaslik kerak. Bizga tayyor va kuchli futbolchi zarur. Legioner tanlaguncha esa etti o'lchab, bir kesish lozim. Meni jamoadagi barcha chiziqlar qanoatlantirmoqda. Bu borada muammo yo'q.

- Toshkentdagi yig'indan so'ng boshqa o'rtoqlik o'yinlari yo'qmi?
- Toshkentdagi yig'indan so'ng Dushanbeda ham bir haftalik yig'in o'tkazamiz va u erda o'rtoqlik bahsi rejalashtirganmiz. Keyin Turkiyada yig'in o'tkazamiz. U erda ham to'rtta nazorat o'yini o'tkazishni rejamizga kiritganmiz.

- Jamoa oldiga yangi mavsumda qanday vazifa qo'yilgan?
- Klub prezidenti doimo yuqori maqsadlarni ko'zlaydigan odam. Bizning oldimizda barcha musobaqalarda maksimal vazifa qo'yilgan. OFK kubogida ham, ichki chempionat va kubok bahslarida ham eng maksimum vazifalarni bajarishga harakat qilamiz.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика