So’nggi yangiliklar

18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  0 18:05CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  2 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  22 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  0 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  10 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  1 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  3 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  5 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  46 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  10 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0

Muammoning tubiga sho'ng'iymiz, yordam berasizlarmi? Yangiliklar

Muammoning tubiga sho'ng'iymiz, yordam berasizlarmi?

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Pxenyanda sharmandali hisobni qayd etdi. Janubiy Koreyaga yirik hisobda yutqazishni tushunish mumkin, lekin KXDRga...
2013 yili Qatar bilan o'yin (5:1) yakuniga etganidan so'ng BIZ 2018 yilgi JCHga ham chiqa olmaymiz, bugundan ish boshlamasak, JCH-2022ni ham o'tkazib yuboramiz degan mavzuda maqola chop etgan edik. Unda tizimni isloh qilmasak, bolalar futboliga etiborni rostmana oshirmasak, muammolar girdobida qolaverishimiz aks etgandi.

Bugun yoshlar futbolida ko'rsatilayotgan ijobiy natijalarga aldanib qolish oqibatida MTJni ummon tubiga cho'kishini kuzatyapmiz.

Bugungi kunda yoshlar va o'smirlar terma jamoamizning 70 foizga yaqin futbolchilari vodiydan, ammo ularning barchasi etakchi klublar bilan shartnomaga egalar. Nima uchun?

Nega viloyatlarda bolalar futboli oldinga siljish o'rniga orqaga qarab ketyapti? Yosh bolalar o'z klublarida maysasi bor maydonda mashg'ulot o'tkazyaptimi? O'tkazayotgan bo'lsa nechta to'p bilan? Murabbiyining qo'lida PROFESSIONAL degan hujjati bormi? Qaysi klubning o'rinbosarlari safida to'p tepish uchun qancha pul berish kerak? Viloyat futbol federaciyalarining rahbarlari qanchalik o'z kasbining ustasi? Nima uchun viloyatlarda 1999 va 2006 yillar oralig'ida tug'ilgan jamoalar o'rtasida ananaviy birinchiliklar mavjud emas? SHahar chempionati bo'lmasa, qaerdan futbolchi chiqadi? Mana shu muammolarni ochib berish va oxir oqibat kerakli kishilarga etkazish yo'lida o'quvchilarni hamkorlikka chorlaymiz!

Saytimizning uch nafar azosi 12ta viloyatga safar qilib, mahalliy futbol federaciyalarining ishi va u erdagi bolalar futboliga bo'lgan etibor, hududlardagi futbol maktablarini jiddiy o'rganishni maqsad qilgan.

Faqat bu borada o'quvchilarning yordami kerak bo'ladi. Imkoni borlar mazkur tadbirga homiylik qilsalar, o'ylaymizki, uning foydasi albatta bo'ladi.

O'n ikkita viloyat bolalar futboli bilan tanishib chiqish uchun malum miqdorda harajat talab qilinadi. O'z viloyatining bolalar futboliga befarq bo'lmagan o'quvchilarimiz click.uz tarmog'i orqali hisobimizga pul o'tkazishlari mumkin bo'ladi.

Buning uchun telefonigiz yordamida quyidagi USSD kombinaciyani qo'llashingiz mumkin - 880*087*48*XXX#.
XXX  buning o'rniga o'zingiz istagan summani yozishingiz mumkin.
Masalan:
880*087*48*100000#  - 100 000 so'm
880*087*48*10000#  - 10 000 so'm
Jami 5 000 000 so'm yig'ish mo'ljal qilingan. Uch nafar xodimimiz mazkur pullar yordamida yo'l kira va mehmonxona harajatlarini qoplaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика