So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

MTJdan chaqiruv kutayotgan TOP-10 futbolchi Yangiliklar

MTJdan chaqiruv kutayotgan TOP-10 futbolchi

Bugungi kunda terma jamoamizning kengaytirilgan ro'yxatidan ham joy ola bilmayotgan futbolchilarning ro'yxatini tuzib chiqdik.

1. Temurxo'ja Abduxoliqov (hujumchi)

"Lokomotiv" hujumchisi ayni paytda oliy liganing to'purari bo'lib turibdi. Ammo unga hozircha MTJda imkoniyat berilmadi.


2. Sanjar Tursunov (yarim himoyachi)

"Vorskla" sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachimiz terma jamoaning doimiy azosi edi. Garchand, Ukrainada yaxshi harakat qilayotgan bo'lsada, uni so'nggi o'yinlarda ko'rmayapmiz.

3. SHerzod Azamov (himoyachi)

"Nasaf" himoyachisi hech bo'lmasa kengaytirilgan tarkibdan joy olishga haqli o'yin namoyish qilayapti. Unga oliy liganing etakchi jamoasidan takliflar mavjud.

4. Akrom Komilov (himoyachi)

Denisovda muammo sezilgudek bo'lsa, uning o'rnini munosib egallashi mumkin bo'lgan o'yinchi. Hozirdan uni terma jamoaga jalb etib, 2022 yilgi saralash bahslariga tayyorlab borish kerak.

5. Akmal SHorahmedov (himoyachi)

Birgina avtogol tufayli tanqidga ko'milib ketgan himoyachi, MTJning eng ojiz bo'lgan nuqtasiga ideal nomzod.

6. Sanjar SHoahmedov (yarim himoyachi)

Haydarov va Jeparov jarohat olgan paytlarda, mana shu futbolchidan foydalanish mumkin bo'lardi. 

7. SHohruz Norxonov (hujumchi)

Hech bo'lmasa o'rtoqlik o'yinlarida 20-25 daqiqa imkoniyat berish orqali uning haqiqiy saviyasini bilib olishimiz kerak. 2017 yil Norxonovni etakchi klublarimizda ko'rishimiz aniq.

8. SHavkat Salomov (yarim himoyachi)

Salomovning aksar yarim himoyachilardan farqi, u hujum chizig'iga ham o'ta olishi. Maydon markazida yaxshi harakat qiladi.

9. Murod Zuxurov (darvozabon)

2016 yilgi mavsumda kutilganidan ham ziyod o'yin ko'rsatgan darvozabon, bu Murod Zuxurov. Oliy ligada eng kam golni u o'tkazdi, 11ta. Bu oliy ligada so'nggi 5 yillikning eng yaxshi natijasi. 


10. Rustam Ashurmatov (himoyachi)

Ertangi kun uchun Ashurmatovni hozirdan tayyorlab borishimiz lozim. Bugun zaxirada o'tirganlarning aksari 2022 yilgi saralash bosqichida MTJ safida bo'lmaydilar.

Terma jamoamizning bugungi tarkibi quyidagicha ko'rinish olsa hech kim hafa bo'lmasa kerak.

Darvoza: Nesterov (Suyunov)

Himoya: SHorahmedov (Hoshimov) - Krimec (To'xtaxo'jaev) - Ismoilov (Azamov) - Denisov (Komilov) 

Tayanch yarim himoya: Haydarov (Afonin)

Yarim himoya: Tursunov (Rashidov) - Ahmedov (ishqilib jarohat olmasin) - Masharipov (SHomurodov)

Hujum: Abduxoliqov (Geynrix/Sergeev)

Reyting: +121   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика