So’nggi yangiliklar

20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  31 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  1 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  14 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  2 19:16Суперлига. "Машъал" - "Динамо" 2:2 (матнли трансляция)  9 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  1 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  2 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  2 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  6 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  15 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  11 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0

Moziyga qaytib... Poydevor (4-qism) Yangiliklar

Moziyga qaytib... Poydevor (4-qism)

Avval eslatib o'tganimizdek, 1993 yilning 21 iyulidan yurtimizda “O'zbekiston futboli” gazetasi chop etila boshlandi.

Oradan 14 yil o'tib, “Odamlar orasida” gazetasi chiqa boshlaganda, uning bosh muharriri Xayrulla Hamidov menga yuzlanib yurtimizda bolalar futboli muammolari hali ham hal bo'lmagani, shu haqda tahliliy maqola yozib berishimni so'radi. SHu tariqa “Poydevor” mavzusi davom ettirildi hamda gazetaning bir necha sonida o'quvchilar etiboriga havola etildi.



Moziyga qaytib... Poydevor (1-qism)        

Moziyga qaytib... Poydevor (2-qism)        

Moziyga qaytib... Poydevor (3-qism)         


POYDEVOR. TO'RTINCHI MAQOLA
(“Odamlar orasida” gazetasining 2007 yil 10 may sonidan olingan).


Hamma narsa solishtirganda malum bo'ladi, deyishadi. Futbol boshqa mamlakatlarda qay tarzda rivojlangan va u erdagi bolalar futboli tizimi haqida fikrlashib ko'rsak. Valeriy Lobanovskiyni tanimagan futbol muxlisi bo'lmasa kerak. Ayniqsa MDH mamlakatlarida. SHuningdek, butun jahon futbol mutaxassislari uni bilishadi va hurmat qilishadi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Yoshligimda bir voqeani o'qib hayron bo'lgan edim. Hozir aniq esimda yo'q, lekin 80-yillarda qaysidir davlatda Lobanovskiy futbol mavzusida maruza o'qigan. Maruza tugagach, u savollarga javob qaytargan.

Tadbirdan so'ng mashhur nashrlardan birining muxbiri Lobanovskiyni eksklyuziv intervyuga ko'ndirgan. Mutaxassis savollarga javob bera turib mavzu chuqurlashayotganini, yani savollar jurnalist qiziqishidan tashqariga chiqayotganini payqagan. SHunda u jurnalistdan bu savollar kim tomonidan tayyorlanganini ro'yi-rost aytsa, u ham barcha savollarga batafsil javob qaytarishga vada bergan. Boshqa iloji qolmagan jurnalist bu savollarni unga endi murabbiylik sari qadam tashlayotgan sobiq futbolchi ...Yoxan Kruiff berganini va unga javoblar olib berishini iltimos qilganini aytishga majbur bo'lgan. Tasavvur qilayapsizmi, jahon miqyosidagi futbol yulduzi murabbiylik sohasidagi dastlabki savollariga aynan ukrainalik mutaxassisdan javob olishni lozim topgan. Zamonamizning eng malakali mutaxassislaridan biri, o'tgan yili shogirdlari bilan Jahon chempioni bo'lishga erishgan Marchello Lippi ham Lobanovskiyni buyuk deb atagan.

Xo'sh, Lobanovskiyning buyukligi nimada ifoda etgan? Agar natijada desak, u klub jamoasi bilan ikki marta Evropa Kubok egalari kubogi va bir marta Superkubokni, terma jamoa bilan esa Evropa chempionati kumush medali va Olimpiada o'yinlarining bronza medalini qo'lga kiritgan xolos. Aytmoqchimiz-ki, unga nisbatan bir necha ko'p sovrinlarni qo'lga kiritgan murabbiylar ham buyuk degan nomga ega bo'lmaganlar. Unda nimada?

Gap shundaki, Valeriy Vasilevich amalda murabbiy bo'lishiga qaramasdan, juda kuchli nazariyachi ham bo'lgan. Masalan hozir murabbiylar mashg'ulotlarda futbolchilarga har xil ko'rsatmalar beradilar va uning ijrosini nazorat qiladilar. Ko'pgina futbolchilar bugun nega aynan shu mashqni bajarayotganlari haqida qiziqib ham ko'rmaydilar. Lobanovskiy esa har bir mashg'ulotdan oldin bugun qanday mashqlar bajarilishi, u nima uchunligi, futbolchiga va uning organizmiga nima berishi haqida erinmay tushuntirgan. Yani har bir futbolchi mashqni ko'r-ko'rona emas, ongli ravishda bajargan. Bu esa nafaqat yuksak natijalarga olib kelgan, balki bo'lajak malakali murabbiylar etishib chiqishida ham asqotgan.

Oleg Bloxin, Vladimir Matvienko, Mixail Fomenko, Vladimir Muntyan, Vladimir Veremeev, Leonid Buryak, Vladimir Bessonov, Pavel Yakovenko, Anatoliy Demyanenko, Andrey Bal, Aleksey Mixaylichenko singari sobiq o'yinchilar, hozirda Ukraina va Rossiyada murabbiylik qilayotgan mutaxassislarni ko'pchiligimiz taniymiz. Ularni birlashtiruchi omil esa bitta - bari Lobanovskiy shogirdlari.

1986 yilgi Jahon chempionatida Lobanovskiy aritmiya usuli bilan barchani lol qoldirgan va chorak finalgacha etib borgan edi. Agar hakam ikkita noqonuniy golni inobatga olmaganda, yarim final ham bizniki edi. Oradan 20 yil o'tib uning shogirdi Oleg Bloxin ukrainaliklarni ana shu bosqichga olib chiqdi. Va faqatgina bo'lg'usi jahon chempionlariga imkoniyat boy berildi. 1988 yilgi Evropa chempionatida Lobanovskiy boshchiligidagi terma jamoa finalgacha etib kelgan va mashhurlikda Lobanovskiydan qolishmaydigan Rinus Mixels boshchiligidagi gollandiyaliklarga engilib kumush medal sohibi bo'lishdi. Oradan 18 yil o'tib, uning shogirdi Aleksey Mixaylichenko boshchiligidagi Ukraina o'smirlari Evropa chempionati finaligacha etib borishdi va gollandiyaliklarga engilib kumush medalga ega chiqishdi. Aytmoqchimanki, Lobanovskiyning o'zi shunchalik mustahkam poydevor yasaganki, uning o'zi bu dunyoni tark etganiga qaramay shogirdlari undan o'tsa-o'tadigan, lekin kam bo'lmaydigan natijalarga erishishmoqda.

Ukrainada futbol bundan buyon rivojlansa-rivojlanadiki, pastga tushmaydi. Bunday ishonchga sabab ham Lobanovskiy qo'ygan boshqa poydevorning borligi. U o'z paytida mamlakat rahbariyatini futbol o'rta maktablarda alohida fan sifatida kiritilishi kelajakka ijobiy tasir ko'rsatishini ko'ndirgandi. Va yaqinda mamlakat Radasida (parlament) 2006 yil yakunlari bo'yicha hisobot bergan Ukraina futbol federaciyasi prezidenti so'zlariga ko'ra hozirda futbol darsi mamlakat umumtalim maktablarining 92 foizida mavjud bo'lib, u bilan uch milliondan ortiq bolakaylar shug'illanishmoqda. Bu ham aniq maqsadga yo'naltirilgan poydevordir.



Abror IMOMXO'JAEV.
(Davomi bor).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика