So’nggi yangiliklar

23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  3 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  6 21:21Криштиану нима сабабдан Жотанинг дафн маросимига бормаганини айтди  5 20:55"Goal" ЕЧЛ бош соврини учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  5 20:37Гари Невилл: "Улар қариётган бўлса-да, ҳозиргидан-да яхшироқ ўйнашлари керак"  3 20:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқ бўлди  2 19:56"Брюгге" клуби президенти: "Биргина "Барселона" футболчисининг нархи бутун жамоамизники билан тенг"  5 19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   6 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  4 18:59Расман: Де Росси А Серия клубида иш бошлади  2 18:32Суарес дисквалификация қилинди  10 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  7

Moziyga qaytib... Katta yo'lga chiqqan kichik karvon Yangiliklar

Moziyga qaytib... Katta yo'lga chiqqan kichik karvon

Orzularga eltuvchi jamoa.

KATTA YO'LGA CHIQQAN KICHIK KARVON

(Orzularga eltuvchi jamoa)

("Odamlar orasida" gazetasining 2007 yil 8 mart sonidan olingan). 



Kamina turli terma jamoalar bilan bir necha bor xorij safariga chiqqanman. So'nggi safarim olimpiya terma jamoasi bilan Dushanbe shahriga bo'ldi. Ammo hozir ana shu safar tafsilotlari haqida so'z yuritmoqchi emasman. Men futbolimizda ro'y berayotgan boshqa bir ijobiy holat haqida – muxlislar qalbida millionlar o'yiniga bo'lgan sezilar-sezilmas qiziqishni yana uyg'ota boshlagan "shabodalar" haqida so'z yuritmoqchiman. Xorij to'g'risida so'z boshlashimga esa o'tgan haftada yurtimizga tashrif boyurgan BAA olimpiya jamoasining bosh murabbiyi janob Aleks Dyupon va Abdurahim Jami bilan o'tgan qisqa suhbat turtki bo'ldi. O'zbekiston Futbol Federaciyasi (O'FF) xududidagi suniy qoplamali maydonda mashg'ulotlar o'tkazayotgan "Mashal" jamoasining o'yinini kuzatayotgan tajribali franciyalik mutaxassis mendan muborakliklar so'nggi chempionatda qaysi o'rinni egallaganliklarini so'radi. So'ngra esa "sizlarning futbolchilaringizga imkoniyat ko'p berilgan", dedi. 



Men nimani nazarda tutayotganini tushunmaganimni aytganimda, Dyupon ko'rsatgich barmog'ini yuqoriga niqtab, "u yoqdan!", dedi. Keyin "ularning oyoqlariga etibor bering, tez yugurish va to'pni kuch bilan tepish uchun zarur bo'lgan mushaklar yaxshi rivojlangan, biznikilar (yani arablarda) esa faqat yugurish uchun yaratilgandek. Bosh bilan o'ynash uchun ham sizlarning yigitlaringizda jismoniy imkoniyatlar yuqori", dedi. Ko'pni ko'rgan, sinchkov murabbiyning bu bahosi albatta menga juda yoqdi. "Faqat, sharoitni yaxshilab, imkon boricha futbol o'ynashni juda erta yoshdan boshlashlaring kerak. SHunda sizlar Osiyoda birinchi bo'lasizlar". Buyog'i endi oddiy mulozamat bo'ldimi yoki haqiqatan ham janob Dyupon o'z xayot tajribasidan kelib chiqib chamaladimi, bunisi menga qorong'i. Ammo bizning eng katta boyligimiz bu – farzandlarimiz, yoshlarimiz ekanlgi rost. Prezidentimizning bolalar sporti, xususan, futbolni rivojlantirishga etiborni kuchaytirish lozimligini takidlayotganliklari va qarorlar qabul qilinishi bejiz emas. Evropada hamma sharoit mavjud, mablag' ham bisyor, ammo eng asosiysi – tug'ilish darajasi juda past. Aholining o'rtacha yoshi yuqori. SHu bois ham ko'pchilik etakchi terma jamoalarda Afrika yoki Janubiy Amerikada tug'ilgan futbolchilar faoliyat ko'rsatishi oddiy holga aylanib bormoqda. Bu borada eng etakchi deb aynan Dyupon yurti – Franciyani ko'rsatish mumkin. Biz esa qisqa vaqt ichida huddi Braziliya, Argentina yoki boshqa futbol yulduzlari "eksporti" bo'yicha etakchi mamlakatlar qatoridan o'rin olishimiz mumkin. Buni bizda tug'ilish ko'pligi uchun aytayotganim yo'q. Balki istedodlarimizga, murabbiylarimizga ishonib aytyapman.

So'nggi uch uchrashuvda Olimpiya terma jamoamizni kuzatib yana bir narsaga ishonch hosil qildim. Bu – futbolchilarimizda g'urur va ishonch paydo bo'lgani. Ishoning, ana shu o'ta noyob hissiyotni paydo qilish juda ham og'ir jarayon. Ayniqsa, biz kabi yaqinda o'z futboli bilan halqaro maydonga chiqqan mamlakat vakillari uchun. Janob Dyupon takidlagaidek, 15 yil yangi terma jamoa shakillanishi uchun yarim fursat (buni u uchrashuv oldidan o'tgan matbuot anjumanida ham takidladi). 20-22 yoshli yigitlarning bugungacha erishgan g'alabalarida ularga katta kuch bag'ishlab turgan bu hissiyot birdaniga yuzaga kelib qolgani yo'q, albatta. Bu erda mamlakat futbolida va ayniqsa, jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlar tasiri yuqori. SHu bilan birga jamoada ish olib borayotgan insonlarning vijdonan, el-yurt shanini o'ylab faoliyat ko'rsatishlari muhim omil. 

Dushanbeda bo'lgan bir voqeani aytib beray. Uchrashuvdan bir kun oldin mezbonlar uchun uyushtiripgan kechada jamoa murabbiylaridan biri Igor SHkvirin so'z olib "Men Rossiya, Ukraina va Isroil davlatlarida faoliyat ko'rsatdim. Hamma joyda meni o'zbek deb chaqirishardi. Bu menga juda yoqadi. CHunki men shu yurt farzandiman va bundan fahrlanaman", deganida mezbonlarning bizga havas qilganini ko'rsangiz edi. Igor kamgap yigit. Ammo gapirganida yuragidagini gapiradi. Tojikistonlik hamkasblarimiz "sizlarning futbolingiz yanada rivojlanishi aniq, chunki ana shunday yigitlaringiz bor", deyishdi. Rostdan ham. Bir paytlar "Pomir" safida dong taratgan deyarli barcha tojik futbol yulduzlari allaqachon chet el fuqarolari bo'lishgan. Yoki Mirjalol Qosimovni olaylik. Futbolchilik faoliyati davomida bugungi shogirdlarining kumiriga aylangan bu inson bilan yonma-yon bo'lish va g'alaba sirlarini o'rganishning o'zi yoshlar uchun stimul emasmi?



Bu jamoaning keyingi taqdiri qanday bo'lishidan qati nazar uning tuzilishi va faoliyati etiborga loyiq. Undagi ijodiy jarayon hattoki Milliy terma jamoamiz faoliyatiga ham ijobiy tasirini o'tkazishi tayin. Menimcha, ana shu ajoyib murabbiylar va futbolchilar ansambli ertaga mamlakatimiz sharafni xalqaro maydonda munosib himoya qila oladigan jamoa o'zagini tashkil eta oladi. Bundan bor-yo'g'i bir necha oy muqaddam rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashiy O'zbekiston milliy chempionatida istedodli futbolchilar kamligini qayta-qayta takidlagani-yu, bugungi vaziyatni taqqoslar ekanmiz, o'tgan bir yilga afsuslanmay ilojimiz yo'q. "Oldimizdan oqayotgan suvning (balki buloqlarning desak to'g'ri bo'lar)" kech bo'lsa ham o'z qadrini topayotgani rost bo'lsin.

Faqatgina o'sha – xorijlik mutahassisga yaratilgan sharoitning hech bo'lmaganda yarmini hozirgilarga yaratib bersak ham natijalar yomon bo'lmaydi. XV Osiyo o'yinlarida Rauf Inileev va MDH CHempionlar Kubogida Ravshan Haydarov jamoasi buni isbotladi. Mana endi Abramov drujinasi ham imkoniyatlarimiz darajasi biz bilgandan ko'ra yuqoriroq ekanligini isbotlamoqda. Demak, nasib etsa, o'zbek futboli muxlislarining ham elkalariga oftob tegadigan kunlar uzoq emas. Bunday kunlar tezroq kelishi uchun esa hammamiz masulmiz. Klublarda ish olib borayotgan mutahassislarimizdan tortib to muxlislargacha. Aynan bugun biz qo'lni qo'lga berib ulkan yutuqlar sari odimlashimiz kerak. Birgalikda va faxr bilan. Yaqinlashib kelayotgan ajoyib g'alabalarga aloqadorligimiz faxri bilan.

Bu yo'lda barchamizga, ayniqsa, endi-endi biz kutgan jamoa bo'lib shakllanayotgan jamoamizga omad yor bo'lsin!

                                                                                         Davlat TURDIALIEV.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика