Mourinyu: “O'sha oqshom mag'lub bo'lganim uchun ilk bor yig'laganman”
02 may 2020 20:00
Yangiliklar
Mourinyu: “O'sha oqshom mag'lub bo'lganim uchun ilk bor yig'laganman”
“Real” sobiq ustozi Joze Mourinyu 2012 yil ECHL yarim finali doirasida Madridda o'tgan “Bavariya”ga qarshi javob bahsini yodga oldi.
“Qirollik klubi" penaltilar seriyasiga ko'ra, raqibga mag'lub bo'lgan edi.
“Afsuski, bu futbol. Krishtianu, Kaka, Serxio Ramos (penaltini noaniq amalga oshirganlar) shubhasiz uch yirtqichdir, ammo ular ham odam.
O'sha oqshomdagi mag'lubiyatdan keyin murabbiylik faoliyatimda ilk bor yig'laganman. Buni yaxshi eslayman. Aytor Karanka bilan uyimiz oldida to'xtadik, mashinada o'tirardik va yig'lardik. Juda og'ir payt edi, boisi, o'sha mavsumda ikkimiz eng yaxshi do'stlar bo'lganmiz”, deydi portugaliyalik.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar