Mourinyu "Inter" bilan o'yindan so'ng "Roma" o'yinchilariga: "Birortang ham erkak emassanlar"
11 fev 2022 00:40
Yangiliklar
Mourinyu "Inter" bilan o'yindan so'ng "Roma" o'yinchilariga: "Birortang ham erkak emassanlar"
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu kiyim almashtirish xonasida barcha futbolchilarga qattiq tanbeh bergan. Kiyim almashtirish xonasida shifokorlar, o'yinchilar va jamoaning boshqa ishchilari ham bo'lgan.
"O'yinning birinchi o'n daqiqasida qo'pol qilib aytganda "ishtoningizni bejab qo'ydingiz". Barchangiz, istisnolarsiz. Buning sababini bilmoqchiman.
Oxirgi ikki yilda katta jamoalarga qarshi nega bu qadar kichkina jamoa bo'lib qolganingizni ham bilmoqchiman. Agar biz kichkina bo'lsak, hakamlar bizga istagan ishini qiladi. "Inter" katta jamoa, lekin sizlar o'ynash uchun ishtiyoq topish o'rniga "o'tirib" qo'ydingiz.
Erkak uchun eng yomon narsa bu qo'rqoqlik va shaxsiyatining zaifligi. Katta o'yinlardan qo'rqasizmi? Unda S Seriyaga boring. Bosimlarsiz, katta o'yinlarsiz o'ynaysiz. Birortang ham erkak emassanlar. Bu esa eng yomoni", -deydi Joze Mourinyu.
Ushbu so'zlar kiyim almashtirish xonasidagi insonlarning biridan yozib olinib, Football Italia nashrida elon qilindi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar