Mourinyu Galatasaroy murabbiylari va futbolchilarini maymun deb atadi. Galatasaroy bu bo'yicha FIFAga arz qilmoqchi
25 fev 08:00
Yangiliklar
Mourinyu Galatasaroy murabbiylari va futbolchilarini maymun deb atadi. Galatasaroy bu bo'yicha FIFAga arz qilmoqchi
«Men hakamga rahmat aytishim kerak. Men aytayotgan vaziyatda raqib o'rindig'ida o'tirganlarning hammasi maymundek sakrashardi. Agar o'yinni turkiyalik hakam boshqarganida, Yusuf Akchichek birinchi daqiqadayoq kartochka olgan bo'lardi, men esa uni beshinchi daqiqada almashtirishim kerak bo'lardi», — dedi «Fenerbahche» bosh murabbiyi.
«Galatasaroy» Mourinyuning so'zlarini turk xalqiga hurmatsizlik deb atagan bayonot berdi.
«Fenerbaxche» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Turkiyadagi ishining boshidanoq turk xalqi haqida tinimsiz haqoratomuz gaplarni aytib keladi. Bugungi kunda uning bayonotlari axloqsiz izohlardan oddiygina g'ayriinsoniy ritorikaga aylandi.
Joze Mourinyuning irqchi bayonotlari yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atish, shuningdek, UEFA va FIFAga rasmiy shikoyatlar yuborish niyatimiz borligini rasman bildiramiz», — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o'tamiz, «Fenerbaxche» va «Galatasaroy» uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar