So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  9 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  4 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

Mourinoning yordamchisi ketmoqda. Ular 17 yil birga ishlashdi Yangiliklar

Mourinoning yordamchisi ketmoqda. Ular 17 yil birga ishlashdi

Bugun MYU matbuot xizmati 2000 yillardan buyon Joze Mourinoga yordam berayotgan 42 yoshli murabbiy Ruy Fariyaning ketishini rasman malum qildi.

Ular borasidagi ayrim malumotlarga to'xtalamiz.

• Mourino kabi Fariya ham futbolni yuqori darajada o'ynamagan. U faoliyatini jismoniy tarbiya o'qituvchisi sifatida boshlagan, Mourino "Barsa"da Van Galning yordamchisi bo'lib ishlagan vaqtda ular bir biri bilan tanishib qolishgan.

• Fariya va Mourino 2001 yildan etiboran birga ishlashni boshlashgan. O'shanda Joze "Leyriya" jamoasiga ikkinchi marta bosh murabbiy etib tayinlangandi. Mour Fariyani jamoaga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy hamda videotahlilchi sifatida ishga taklif qilgan. Keyinchalik Fariya Mourinoning assistenti bo'ldi va  Portugaliya, Italiya, Ispaniya va Angliyada u bilan birga ishladi.

• Mourino biror marta Fariyaning xarakteri haqida gapirmagan. 2011/12 yilgi mavsumda ular birga "Real"da ishlashdi va Fariyani hakamlar bilan bahslashgani uchun 4 bora chetlatishdi. 2013/14 yilgi mavsumda, Joze "CHelsi"ga qaytganida bosh hakam Mayk Din bilan bo'lgan voqeadan keyin 4 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

• "Qachondir men o'z o'quvchilarim haqida gapirsam, 2000 yildan keyin men bilan asosiy inson haqida gapiraman. Unda boshqalarga qaraganda potencial ko'proq. Agarda u ertaga bosh murabbiy bo'lishni istasa, yuqori darajada ishlay oladi. SHunchaki u buni istashi va g'alabalarga chanqoq bo'lishi kerak", - degandi bir necha yillar oldin Mourino Fariya haqida.

• Demak, uning shunday xohishi bugun paydo bo'ldi: bugun MYU Fariya jamoani tark etishini malum qildi. "Olg'a intilishni o'yladim, bu esa juda yaxshi holat. Biz 17 yilni o'tkazdik. Biroq menga yangi chaqiruvlar kerak. O'tgan yillar va darslar, saboqlar uchun Joze Mourinoga minnatdorlik bildiraman", - dedi Fariya.

• "Leyriya, Portu, London, Milan, Madrid, yana London va Manchester. Mashg'ulotlar, o'yinlar, sayohatlar, saboqlar, g'alabalar, mag'lubiyatlar, quvonch ko'z yoshlari. Intelligent talaba endi ekspertga aylanmoqda. Seni sog'inaman, do'stim! Murabbiylik faoliyatingga omadlar tilayman", - dedi Mourino.

• Mish mishlarga ko'ra, Fariya MYUning 18 yoshlilar jamoasi bosh murabbiyi Kiran Makkenning o'rnini egallaydi. Biroq Fariyaning o'zi ham keyingi ish joyini malum qilmayapti.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика