So’nggi yangiliklar

09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  3 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  0 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  3 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  2 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  31 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1

Moskva kundaligi, 7-kun: Tixonov nima uchun “Neftchi”ni tark etgan edi? Yangiliklar

Moskva kundaligi, 7-kun: Tixonov nima uchun “Neftchi”ni tark etgan edi?

Kechagi kun belgilangan vaqtdan biroz kech chiqayotganligi uchun avvalo uzr so'rayman.

Avvallari o'quvchilarni uzoq vaqt saytda ushlab turish uchun, MTJ o'yini yoki biron bir musobaqani kutar edim. Aynan shunday pallalarda ishlarim qiziganda qizir, muxlislarga ham yangiliklarni o'qish yoqardi. Moskva safari orqali, musobaqasiz ham o'zimni kundaligim orqali ularni qiziqtira olganimdan xursand bo'ldim. Haqiqatdan ham faxriylar bilan uchrashuvlar ko'pchilik uchun qiziq ekan. O'quvchilardan ko'ra, bu faxriylarimizni o'zlariga manzur bo'lyapti. Ularni hamon yodga olishimizdan quvonishyapti.


Kecha reja asosida Aleksandr Tixonov mehmoni bo'ldik. Er dumaloq deb bejizga aytishmaydi. Tixonov bizni o'zi istiqomat qiladigan uy yonidagi o'zbek milliy taomlariga taklif qildi. U erda uning do'stlari, Arslanov Damir va Aleksey Korichenkolar ham bor ekan. Suhbat davomida bu ikki kishi Toshkent shahridagi 100 o'rta maktabda o'qishganligi, ular bilan Pavel Bugalo, Yorqin Nazarov, Olim SHokirov, Andrey Yaravoy kabi keyinchalik futbolda o'z o'rnini topib ketgan futbolchilar bir sinfda taxsil olganliklarini aytib berishdi.



- 110, dedingizmi? Men ham o'sha maktabda o'qiganman.

- Yo'-g'e (kuladi) Ella Vanesovnani tanirmiding?

- Bo'lmasamchi, jismoniy tarbiya fanidan bizga dars berar edi.


Hayotni qiziqligini qarang, qahramonlarim bilan bir maktabni bitirgan ekanman. Bugalo, Yaravoy, Naxarov haqida bilardim, ammo boshqalarni tanimas edim.


Tixonov 31 yoshida futbolchilik faoliyatini tugatgan. Bunga jarohat sabab bo'lmagan. Uni futboldan erta ketishini ko'pchilik kutmagan edi. O'zini aytishicha, o'sha yillari futboldan zerikkan. Kimdir aldagan, yana kimdir asabiga tekkan. Masalan, "Paxtakor"ning 1995 yildagi ustozi Xans Ferel jamoaga haddan tashqari "nagruzka" bergan. O'yinga bir kun qolganida ham issiq kunlari soat 14:00da bir soatlab yugurtirgan. SHuning uchun bo'lsa kerak, kuchli tarkibga ega bo'lsada, jamoa yomon natija ko'rsatgan.


"Neftchi"dan "Paxtakor"ga o'tishiga sabab, uni aldashganligi bo'lgan ekan. SHartnomasi yakuniga etib chet elga ketaman deb turganida, unga sohta shartnomani ko'rsatib, seni aslida biz bilan yana bir yillik shartnomang bor deb chuv tushirganlar. Alamdan futbolchi birinchi taklif bilan chiqqan jamoaga o'tib ketishni diliga tugib Farg'onani tark etgan.


Bugunga kelib sobiq futbolchi xobbi uchun bolalar futboli bilan shug'ullanyapti. U bilan ajoyib suhbat bo'lib o'tdi. Buni albatta, navbati bilan "Kecha, bugun, ertaga" loyihasida mutola qilasiz.



Tunga yaqin Odil Ahmedov bilan uchrashdik. SHunchaki do'stona o'tirish. Dog'istonlik muxlislar qiyin paytda jamoani tashlab ketmaganligi uchun undan juda ham minnatdor ekanliklarini yashirmayaptilar. Bunga "Lokomotiv" - "Anji" o'yinida guvoh bo'ldik.


Ummon terma jamoasiga qarshi o'yinlardan biri Samarqand shahrida bo'lib o'tishi mumkinligini aytganimda, Odil “vodiyda ham o'tsa zo'r bo'lardi”, deb qo'ydi.


Sekin-sekin vodiydagi stadionlarimiz ham zamonaviy ko'rinish ola boshlayapti. SHu kunlarga ham yaqin qoldi.


Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика