Moskva kundaligi, 6-kun: Maydonda o'zbekistonliklar!
14 apr 2014 16:34
Yangiliklar

Moskva kundaligi, 6-kun: Maydonda o'zbekistonliklar!
Va nihoyat biz kutgan kun ham etib keldi. “CHerkizovo” stadionida “Lokomotiv” - “Anji” uchrashuvi.
Bu premer-ligadagi ketma-ket uchinchi o'yinimiz bo'ldi. Hamrohim Faxriddin Isamuhamedov va men uchun bu katta maktab vazifasini o'tab berishi aniq. O'zimizda u qilish kerak, bu qilish kerak degan quruq gaplarni eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi. Men xuddi shu ishni Komiljon Mirzaboevga maslahat bergan bo'lardim. Marketing jihatdan ham bu “Neftchi” uchun koni foyda.
Moskvada futbol akademiyalari o'rtasidagi raqobat juda oshib ketgan. Avvaliga bu erda sport turlari bir-biri bilan raqobat qiladi. Bu borada futbolning asosiy raqibi xokkey. Keyin basketbol, voleybol, gandbol va engil atletika. Bolalarni juda ham yoshlik chog'idan futbolga og'dira olgan klublar keyin o'zaro raqobatni boshlaydilar. Moskva aholisi uchun tanlash imkoniyati katta. SHu bois klub va sport maktablari yaxshi istedodlarga ega bo'lish uchun o'z moddiy texnika bazasini doimiy ravishda yangilab boradi. Raqobatdan yutishni maqsad qilgan “Lokomotiv” Rossiyada birinchilardan bo'lib akademiyasiga 4 yoshga to'lgan yosh bolakaylar uchun qabul elon qildi.
Moskvaga kelib o'quvchilarimiz bilan ko'rishmasak bo'lmasdi. FIOdan ko'ra, ismlari bilan aytsam barchangizga tanish bo'lsa kerak: “Segodnya v blogax”, “ZOHID”, “Asror Aliqulov” va “Nodirbek”lar bilan tushlik qildik. Keyin esa birgalikda stadion tomon yo'l oldik.
SHundan so'ng hamrohim Faxriddin Isamuhamedov media tribunaga, men esa o'z joyimga yo'l oldim. “Spartak”ning muxlislari ancha ko'proq ekan. O'z maydonida o'ynashi va etakchilar qatorida borayotganiga qaramay, “Lokomotiv” muxlislari ancha kam edi. 20-sektor oilaviy bo'lib, u erda farzandlari bilan tashrif buyurgan ota-onalarni ko'rishingiz mumkin bo'ladi. “Spartak” o'yini “biz so'kishga qarshimiz” shiori ostida bo'lib o'tgan edi. CSKA ham odob doirasidan chiqmadi, ammo “Lokomotiv”.... TI-TU-TI-TUTTTTT.... O'yinning boshidan oxirigacha aytilmagan gaplar qolmadi. “Lokomotiv”ning sobiq futbolchisi Eshenkoni nimalar deb atashmadi.
Uchrashuv suxandoni avvaliga “Anji” futbolchilarini tanishtira boshladi. Bir boshdan sanab kelinayotgan futbolchilarga “Lokomotiv” muxlislari chunonam baqirdiki, qo'llari bilan nimalarni ko'rsatmadilar deysiz. Lekin men uchun qiziq tuyulgani, ODIL AHMEDOV nomi elon qilinganda qarsaklar chalindi. Balki “Lokomotiv” safida O'zbekiston terma jamoasining azosi to'p tepayotganligi sabab bo'lgandir, yoki kelasi mavsum uni qo'lga kiritishni istayaptilar.
OAV uchun bu o'yin to'liqligicha Denisovga ataldi. Uchrashuv dasturining bosh muqovasida Denisovning surati joy olgan va uning katta intervyusi chop etilgan. Stadion tablosida uning “Lokomotiv” safidagi bir qator vaziyatlari rolik sifatida berildi. Futbolchimiz “Lokomotiv”ni ishonchiga to'laligacha kirib olgani bizni quvontirmay qolmadi.
O'yinga to'liq to'xtalmayman. Ko'rganim “Anji” sobiq futbolchisi Mubarak Bussufa mehmon futbolchilarining atayin jig'iga tegishi. Aynan u bilan to'qnashuvdan keyin Odil sariq kartochka oldi. Keyingi vaziyatlarda Busuffa “Anji”ning qolgan himoyachilarining ham asabiga o'ynadi. Bir safar Ahmedov korpus bilan uni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ham muvaffaq bo'ldi, shundan keyin qaytib hamyurtimizning odiga kelmadi. SHunga aytsalar kerak, “o'zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga”.
O'yin natijasidan ko'proq “Anji” manfaatdor bo'ldi. “Lokomotiv” esa “Zenit”ni o'tkazib yubordi.
Stadiondan chiqib ketaverishda bizni bir nechta hamyurtlarimiz qarshi oldilar.
- Salom, siz Narzullamisiz? (hamrohimga qarab)
- Yo'q.
- Siz-chi? (menga qarab)
- Nodir...
- Ey akalar, yaxshimisizlar, men sizlarni kundaligingiz tagiga “komment” qoldirgandim. Menga qo'ng'iroq qilishingizni so'rab. Buni qarang, baribir uchrashish nasib etgan ekan. Men sizni suratga olasiz deb o'ylamagandim. VIP lojada o'tirsangiz kerak degandim-da. Biz bilan choy ichasiz, ketdik.
SHu tariqa qo'yarda qo'ymay, andijonlik yuzerlarimiz, Abrorbek va Sardorbek bilan bilan o'zbek milliy taomlariga, o'zimizning “Neksiya”da yo'lga chiqdik. Agar yigitlar bugun CSKA manejini gaplasha olsalar, 16 aprel kuni bizni o'quvchilar bilan o'rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi. Elonni saytda beramiz.
Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar