So’nggi yangiliklar

11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  0 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  7 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  13 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  37 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0

Moskva kundaligi, 5-kun: Tarxanovdan O'zbekistonga salom! Yangiliklar

Moskva kundaligi, 5-kun: Tarxanovdan O'zbekistonga salom!

Yakshanba kuni “Lokomotiv” – “Anji” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ancha erta boshlanishi munosabati bilan 5-kun kundaligini yozishga vaqtim bo'lmagandi.
Bugun esa bir yo'la ikkita kundalikni etiboringizga taqdim etaman.

12 aprel kuni ancha erta yo'lga chiqdik. “Ximki Arena”da CSKA “Ural”ni qabul qildi. Bugungi kunga kelib, Rossiya premer-ligasi taqvimi va o'yin vaqtini to'liqligicha “Nash Futbol” kanali orqali tuzib chiqilayotganligi uchun o'yinlar erta boshlanyapti. Boisi, kanal har bir o'yinni to'g'ridan-to'g'ri efirga berishi kerak. Pulini to'layapti.

Bizdan farqli ravishda telekanal jurnalistlari, o'zlari sharhlamagan o'yinlarga ham kelib staiondan jonli tomosha qilishni maqul ko'rishadi. Ular orasida Andronov, CHerdancev va Rabiner kabi mashhurlarni har o'yinda uchratishingiz mumkin.

“Arena Ximki”ga Moskvadan chamasi bir-bir yarim soatlarda etib borasiz. Bugungi kunda CSKA mazkur arenani ijaraga olgan holda uy o'yinlarini o'tkazyapti. Maydon maysasi ideal holatga kelib ulguribdi.

Xuddi “Spartak”da bo'lgani kabi bu erda ham yoyma bozorni ko'rishimiz mumkin edi. Har safar muxlislar yangi sharflarni xarid qilishga pullarini qizg'anmaydilar. Boisi oddiy, klub faqat muxlis uchun ishlaydi, buni yaxshi tushungan muxlis esa shu yo'l bilan klub faoliyatiga o'z hissasini qo'shadi. Stadion to'liqligicha futbol uchun moslashtirilgan, faqat va faqat futbolga. Eng avvalo etibor OAVga qaratilgan. Birinchi qavat OAV uchun ajratilgan bo'lib, statistika bilan shug'ullanuvchilar TV orqali ko'rib tomosha qilishlari mumkin. Buning uchun alohida xona bor. “Nash Futbol” kanali uchun ham alohida xonalar ajratilgan bo'lib, unda o'yinga javobgar jurnalistlar ishlashlari mumkin. Istasangiz media tribunaga chiqib ketasiz. Fotomuxbirlar uchun esa men shu kungacha ko'rgan eng alo darajadagi sharoit “Ximki Arena”da. Eshikni ochib, rasm olish uchun ajratilgan qatordan joy olasiz. Bu esa hech qanday reglamentni buzmagan holda, o'yinning istagan vaqtida maydon chekkasidan joy olishingizga imkoniyat beradi.

Har bir uchrashuvning birinchi bo'limi yakuniga etganidan so'ng ikki jamoa azolaridan biri, albatta, “Nash Futbol” uchun birinchi bo'limga oid fikrini bildirishi kerak. Agar bu ish asosiy tarkib azolaridan biri bilan amalga oshmasa, zaxira futbolchisi ham bo'laveradi.

Tanaffus paytida raqqosa qizlar o'z sanatlarini namoyish etishdi. Maskot esa o'yinga qadar stadion atrofida, o'yin paytida esa goh saydon atrofida, goh tribunalarda muxlislar bilan suratga tushib yuradi. Yodingizda bo'lsa, BAAdagi jahon chempionatida yaponiyalik mutaxassis bilan suhbatlashgan edim. (manba) O'shanda Masayuki Koneko menga, maskotlarni muxlislarni stadionga jalb etishdagi roli katta bo'lganligini aytgan edi.

O'yin tugaganidan keyin bizga tanish bo'lgan ketma-ketlikda ishlaysiz. Istasangiz matbuot anjumaniga kiring, istasangiz mikst zonaga. Mikst zonadagi ish haddan tashqari professional tarzda yo'lga qo'yilgan. Mag'lubiyatga uchragan jamoa futbolchisi ham OAV oldida o'zini professional tarzda tutadi. Kimdir o'yin uchun chiqarilgan dasturlarga futbolchilaridan dastxat oladi. SHuni takidlab o'tishimiz lozim, bizning jamoalarimiz rahbarga yoqish uchungina chiqaradigan dasturlarni (programmka)ni bu erda chiptaga qo'shib, xarid qilishingiz mumkin. Bizning oliy liga jamoalarimiz aslida OAVga tarqatish kerak bo'lgan dasturlarni avval rahbarlariga, keyin yoqish uchun futbolchilariga tarqatib chiqadilar va OAVga hech nima qolmaydi. Qolgan bitta-ikkitani esa, agar kerak bo'lsa kseronusxa qilib olishlari mumkin.

Mikst zonada 1991 yilning so'nggida “Paxtakor”da faoliyat olib borgan Aleksandr Tarxanov bilan ko'rishdik.

-   Assalomu alaykum, Sizni tanigan muxlislar nomidan salom!
-   Toshkent... Mening sevimli shaharlarimdan biri. Juda sog'indim, ko'plab yorqin xotiralar qolgan mamlakatingizdan.

Muzeyimiz uchun dastxat yig'ilayotgan tarixiy kitobimizning Pshenichnikovga ajratilgan sahifasi uchun Akinfeevni kutdik. Hamma chiqib bo'ldi ham-ki, undan darak yo'q. Balki doping nazoratiga kirgan. Xullas, yarim soatdan so'ng biz kutgan posbonimiz mikst zonaga chiqdi, bu paytga kelib arenada bizdan tashqari chamasi 10 yoshlardagi bolakay onasi bilan turgan edi. Keyin bilsam u Akinfeevni rasmini o'xshatib chizgan, o'zi esa futbol maktablaridan birida darvozabon ampluasida harakat qilar ekan.
SHu eriga premer-liga futbolchilariga qoyil qolmasdan ilojim yo'q. Birontasida yulduzlikni ko'rmaysiz. Maydon tashqarisida ular oddiy odamlar. Muomala ham ajoyib tarzda. Masalan, Akinfeev suratini chizib kelgan bolakay bilan suhbatlashyapti:

Akinfeev: - Nega bunchalik hayajonlanyapsan?
Ona (yigitchaning o'rniga onasi gapirdi): U Siz bilan ko'rishishni anchadan beri orzu qilardi, asosiy tarkibda ilk marotaba tushganida ham bunchalik hayajonlanmagan.
Akinfeev: - Biz ham sendek insonmiz. Muhimi, o'zingni hayotda qo'lga ola bilishing. Yillar o'tib, sen meni o'rnimda o'zing kabi yoshlarga dastxat qo'yasan. Ammo buning uchun tinmay mehnat qilishing kerak!

Bolakay esa uyalib kulishdan boshqa chora topa olmas edi. Bizdachi? Bazi futbolchilarga besh ketvoraman. Terma jamoadan adashib chaqiruv olib qolsa tamom, “odnoklassniki”dagi qizlarni qarmoqqa ildirsam deydi. Hali asosiy tarkibni muntazam ishtiroki bo'lmay turib kelasi mavsumni ko'tarma pulini o'ylaydi. Aslida inson avval maydonda emas, hayotda chempion bo'lishi kerak. SHundagina ishiga sidqidildan yondashadi, xonadoniga fayz kiradi.

SHu tariqa “Ximki Arena”ni tark etdim...

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика