Moreno: “Luis Enrike uchun lavozimimni berishga tayyorman”
04 sen 2019 09:40
Yangiliklar


Moreno: “Luis Enrike uchun lavozimimni berishga tayyorman”
Ispaniya terma jamoasining ayni damdagi bosh murabbiyi Robert Moreno Luis Enrike haqida gapirdi.
“Luis — mening do'stim. Do'stlik hammasidan ustun. Agar Luis termaga qaytishni istasa, men xursandchilik bilan o'rnimni bo'shatib, unga yordamchi bo'laman. Men tayyorman, muammosiz. Men bu lavozimda qolmayman. Axir hamma Luisning termadan nima uchun ketganligini yaxshi biladi. Bu og'ir hafta edi. Luisni qo'llab-quvvatlaymiz. Kelayotgan o'yinlarda jamoamiz g'alabaga qozonishga harakat qiladi va biroz bo'lsa ham salbiy holatlarni aritishga yordam beradi”,—deydi Moreno.
Eslatib o'tamiz, Luis Enrike 9 yoshli qizi Ksana sabab Ispaniya terma jamoasidan ketgandi. Ksana yaqinda 5 oy davom etgan og'ir kasallikdan so'ng vafot etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar