So’nggi yangiliklar

13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  1 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  25 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  26 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0

Morata styuard bilan to'qnashib ketib jarohat oldi va Evro finalini o'tkazib yuborishi mumkin Yangiliklar

Morata styuard bilan to'qnashib ketib jarohat oldi va Evro finalini o'tkazib yuborishi mumkin

"Marca" xabariga ko'ra, g'alati jarohat Ispaniya terma jamoasi sardori va hujumchisi Alvaro Moratani Evropa chempionati finalisiz qoldirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi Evro-2024 yarim finalida Franciyani mag'lub etdi (2:1) va odatdagidek o'z muxlislari oldida bayram qilish uchun maydonda qoldi. O'shanda Turkiya terma jamoasi libosini kiygan muxlis maysaga tushib kelishga muvaffaq bo'ldi va ular bilan suratga tushish uchun ispaniyalik futbolchilar tomon yugurdi. Styuardlar qoidabuzarni to'xtatishga harakat qilishdi, biroq bu jarayonda xavfsizlik xodimlaridan biri sirpanib ketib, Alvaro Morataning oyog'iga yiqildi. Hujumchi yiqilmadi, biroq og'riq tufayli tizzasini ushlab qoldi, shundan so'ng u oqsoqlangan holda kiyim almashtirish xonasiga yo'l oldi.



SHifokorlar hozircha aniq malumot bera olishmayapti, biroq Morata jiddiy jarohat olgan bo'lishi va bir necha haftaga o'yindan tashqari holatda qolish ehtimoli bor. Batafsil tashxis bugun futbolchi mahalliy klinikada to'liq tekshiruvdan o'tkazilganidan so'ng qo'yiladi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика