Morata "Barselona"ga o'tishga yaqin kelgan
21 sen 2022 17:15
Yangiliklar
Morata "Barselona"ga o'tishga yaqin kelgan
"Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata o'tgan yili yanvar oyidagi transferlar chog'ida "Barsa"ga o'tishiga bir bahya qolgan.
Futbolchining shaxsan o'zi oshkor qilishicha, u hatto Kataloniya klubi ustozi Xavi bilan uning "Kamp Nou"ga o'tishini muhokama qilgan. O'sha paytda u ijara asosida "Yuventus"da harakatlanayotgan edi.
Ikki yillik ijaradan so'ng joriy mavsum boshida "Atletiko"ga qaytgan hujumchi bu borada:
"Tanlovlar bo'lgan edi. Men Xavi bilan gaplashdim. Biz futbol va boshqa narsalar haqida gaplashdik. Yoshligimda men hurmat qilgan sobiq futbol yulduzi va murabbiy Xavi bilan suhbat qurish menga yoqimli tuyuldi. Yanvar oyida menda 4 yo 5 ta tanlov imkoniyati bor edi. "Yuventus" murabbiyi Allegri qolishimni xohladi. Allegri meni jamoada qolishga ko'ndirdi va (Dushan) Vlaxovich bilan o'ynashimni istadi", – dedi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar