So’nggi yangiliklar

07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  0 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  4 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  61 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2

Mo'minjonov Voyneskiga sovg'a tayyorlayaptimi yoxud "O'zbek El Klasiko"siga prevyu Yangiliklar

Mo'minjonov Voyneskiga sovg'a tayyorlayaptimi yoxud "O'zbek El Klasiko"siga prevyu

Teglar :  Neftchi Paxtakor
"Manchester Siti" - "Manchester Yunayted", "Bavariya" - "Borussiya Dortmund", "Real Madrid" - "Barselona". Bu nimani anglatmoqda?

Albatta kuchli beshlik chempionatlaridagi markaziy o'yinlar. Bular boshqacha nom yani "El Klasiko" deb yuritiladi. O'zbekistonda ham azaldan bunday to'qnashuv bor, garchi bir necha yildan beri shiddati pasaygan bo'lsada, nomi doim etiborni jalb qilib kelgan. "Paxtakor" - "Neftchi". Bugun Toshkentda siz va biz yangilangan o'sha "O'zbek El Klasiko"ning guvohi bo'lamiz. Quyida o'yindan oldingi mulohazalar. 


Uch yildan so'ng

Ushbu jamoalar Toshkentda so'nggi bor 2018 yilning 31 mart kuni uchrashishgan bo'lib, unda "Paxtakor" 3:0 hisobidagi g'alabani o'ziniki qilgandi. Ikkinchi davrada Farg'onadagi o'yinda tomonlar 1:1 hisobida durangga rozi bo'lishgan. Mazkur bellashuv hozirgacha so'nggisi bo'lib turibdi.


Superliga. "Neftchi" "Paxtakor" maydonida so'nggi bor qachon uch ochko olgan?


O'zaro o'yinlar 

 Har ikki klub o'zaro o'yinlarda bir-biridan eng ko'p ochko tortib olgani ham jamoalarning bir-biriga qanday qarshilik ko'rsatganini anglatadi. Jamoalar chempionatlar tarixida 54 o'yin o'tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 25 g'alaba, 9 durang va 20 mag'lubiyat. Raqib darvozasiga 91 to'p kiritgan "sherlar" 67 to'p o'tkazib yuborishgan. Toshkentdagi bellashuvlarning 20tasida "Paxtakor" ustun kelgan bo'lsa, 5 bahsda farg'onaliklar g'alaba qozongan. Ikki o'yin durang bilan tugagan. Toshkentliklarning o'z maydonidagi oxirgi 14 uchrashuvda "Neftchi" faqat birgina bellashuvda gol ura olgan. Uyda 58 gol urgan holda 16 to'p o'tkazib yuborgan. "Paxtakor" 10 bor raqibni yirik natija bilan dog'da qoldirishga erishgan bo'lsa, "Neftchi"da bunday g'alabalar soni uchtani tashkil qiladi.



"Neftchi"ning chempionat doirasida Toshkentda qo'lga kiritgan g'alabalari

28.05.2016. "Paxtakor" - "Neftchi" 1:2

10.06.2001 "Paxtakor" - "Neftchi" 1:2

25.09.1999. "Paxtakor" - "Neftchi" 1:2

05.04.1992. "Paxtakor" - "Neftchi" 0:2


To'purarlar 

O'zaro uchrashuvlarda Rustam Do'rmonov 12 bor "Paxtakor" darvozasiga yo'l topib to'purarlar qatorini boshqarmoqda. "Neftchi" afsonasi Anvar Berdiev 8ta to'p bilan ikkinchi o'rinda ketmoqda. "Paxtakor"dan Dilmurod Nazarov va Igor Sergeev 6tadan gol urishgan. 



Paxtakor

Dragan CHeran - 51'

Superliga. 2-tur

10/03/2022, 18:30

0
:
1
Tugadi

Neftchi

45'
90'
51'  Dragan CHeran
60'  Kamen Xadjiyev
67'  Sardor Sobirxo’jayev (Oliver Sharkich)
67'  Azizbek Turg’unboyev (Sardor Rashidov)
82'  Aleksey Larin
90'  Xojimat Erkinov (Ruslan Roziev)
21'  Abror Ismoilov
28'  Anvarzhon G'ofurov
53'  Shahzod Ubaydullayev
60'  Oybek Qilichev (Husniddin G’ofurov)
60'  Ulug'bek Hoshimov (Izzat Abdullaev)
73'  Aleksandar Yeshich (Marko SHarich)
73'  Shahzod Ubaydullayev (Sirojiddin Qo'ziyev)
74'  Husniddin G’ofurov
88'  Lutfulla To’rayev
90'  Abbos G'ulomov (Sunnatilla Abdullazhonov)

Dastlabki turdan keyingi xulosalar 

3 yillik tanaffusdan keyin Superligaga qaytgan "Neftchi" qishki transferlar vaqtida tarkibini ancha kuchaytirishga erishdi. SHunga yarasha maqsadlar ham katta qo'yilgan. Buni "Qo'qon-1912" bilan uchrashuvdan so'ng Ilhom Mo'minjonov ham takidlab o'tdi. Yaypanda kechgan vodiy derbisidan so'ng xulosa shu bo'ldiki, bu "Neftchi" futbolchilarining bor potenciali hisoblanmaydi. Birinchi turda futbolchilar o'z darajalarini ko'rsatishga qiynalishdi. Oldinda yanada jiddiy raqib - "Paxtakor". O'z o'rnida Slavche Voyneski shogirdlari o'yinga ko'tarinki kayfiyatda etib kelyapti, deya olamiz. Ular Superkubokda "Nasaf", Samarqandda "Dinamo" qarshiligini engishdi. Darvozasi dahlsizligini saqlab qolishdi. "Paxtakor"ning o'yinidagi asosiy o'zgarish biroz himoyaviy harakatlarda tartibning yuzaga kelganidir. Futbolchilar orqa chiziqda kamroq xatoga yo'l qo'yishmoqda. Birozdan so'ng saytimizda mutaxassis fikrini mutolaa qilasiz. Unda Abdumajid Toirov: "Ilhom Mo'minjonov sovg'a tayyorlashi shart",- degan fikrni bildirdi. Xo'sh bugun qanday jang ko'ramiz? Murabbiylar bir-biriga nima hozirlamoqda? Kuzatamiz, "Paxtakor" stadionida ko'rishguncha.

Fotosuratlar uchun Hasan Pirmuhamedovga minnatdorchilik bildiramiz.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика