Modrich: "Mening orzum – "Real"da qolish. Umid qilamanki, shunday ham bo'ladi"
25 mar 2023 11:17
Yangiliklar
Modrich: "Mening orzum – "Real"da qolish. Umid qilamanki, shunday ham bo'ladi"
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi ekanligini aytdi.
"Hamma biladi, mening orzum – "Real"da qolish. Men ishonaman va shunday bo'lishiga umid qilaman. Qolgan hammasi – mish-mishlar va taxminlar", – dedi Modrich.
Modrich 2012 yildan beri "Real"da o'ynamoqda. 2022/23 yilgi mavsumda u jamoa safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
37 yoshli xorvatiyalikning klub bilan kelishuvi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar