Modrich faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
20 noy 2023 07:34
Yangiliklar
Modrich faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
Luka Modrichning agenti futbolchining Saudiya Arabistoni klubiga o'tishi mumkinligini tasdiqladi.
O'tgan yozda «Real» yarimhimoyachisi Saudiyadan bir qancha takliflar olgan, biroq ularni rad etgan va Madrid klubi bilan shartnomasini bir yilga uzaytirgandi.
«O'tgan yozda Modrichga qiziqish bor edi, ular uni sotib olmoqchi edilar. Futbolchiga bir nechta takliflar bo'lgan: biri poytaxt jamoasidan, ikkinchisi esa boshqa klubdan.
Hozir Modrich «Real» haqida o'ylayapti. Biroq taklif futbolchiga maqul kelsa, u Saudiya ligasiga o'tishi mumkin», — dedi agent Borxa Kouche.
Modrichning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan. U klubda 2012 yildan buyon o'ynab kelmoqda.
38 yoshli yarimhimoyachi bu mavsum madridliklar safida 15 o'yinda maydonga tushib, 647 daqiqada 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar