So’nggi yangiliklar

21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:22"Антверпен" — "Ауд-Хеверле Лёвен". Таркиблар маълум  2 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  21 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 20:04"Ризеспор" — "Гёзтепе". Чемпионатнинг илк тур ўйини учун таркиблар маълум  0 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  2 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  16 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5 16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  2 14:50"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0

MLS yulduzlari qanchaga baholanmoqda? Yangiliklar

MLS yulduzlari qanchaga baholanmoqda?

Jahon futbolining mashhur futbolchilari daromad ilinji bilan faoliyatining so'nggi qismida Osiyo manzillari tomon yo'l olishi anana tusiga kirib ulgurgan.

Faqat qariyalargina emas, Evropa grandlarida ham bemalol o'ynay oladigan Oskar, Halk, Karassko, Paulino kabilar o'z darajasidan ko'ra ancha past saviyadagi birinchiliklarda ko'rinish berayotgani ko'ngilni xira qiladi. Ularni faqat bir narsa sharqqa jalb qilmoqda: moliya.

SHundaylar borki, o'zining superklublar darajasidan quyilayotganini, biroq, futboldan ketish uchun navqironlik qilishini biladi. Evropa o'rtamiyona jamoalarining kamtarona takliflariga ham, «Pul topib, aql topmagan» sharq klublarining qop-qop pullariga ham parvo qilmay okeanorti tomon ravona bo'lishadi. Nisbatan oson MLS chempionatida o'z foliyatlarining intihosini o'tkazishadi. Oxirgi yillarda Stiven Jerrard, Andrea Pirlo, Frenk Lempard, Kaka va David Vilya kabi afsonalar MLSdan nafaqaga chiqib ketgani haqidagi malumotning o'ziyoq ushbu birinchilik haqidagi tasavvurlarni uyg'ota oladi.

Xo'sh, yurtimizda deyarli yoritilmaydigan MLSda bugun qaysi yulduzlar harakat qilmoqda? Bu savol hamma uchun qiziq. Transfer bozorida 200lik dovondan o'tilgan bir pallada MLSning faxriy yulduzlari qanchaga baholanmoqda? Hozir shu haqida so'z yuritamiz.

Bakari Sanya «Monreal»

«Arsenal» va «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan Franciya terma jamoasining sobiq o'ng qanot himoyachisi «Monreal Impakt»da to'p tepmoqda. 36 yoshli futbolchining transfer narxi transfermarket.de saytida 500 ming evro deb ko'rsatilgan.



Tim Xovard «Kolorado Repids»

«Everton» klubi 2007 yilda Aleks Fergyuson jamoasidan amerikalik zaxira darvozabonini xarid qilgandi. Tim «Everton» darvozasini 10 mavsum davomida ishonchli tarzda himoya qildi va APLning eng barqaror golkiperlaridan biriga aylandi. Hozir 40 yoshli darvozabon Kolorado shtatining «Repids» jamoasi postini himoya qilmoqda. Uning transfer narxi 500 ming evro hisoblanadi.



Reto Cigler «Dallas»

«Tottenxem», «Yuventus», «Sampdoriya» singari klublar sharafini himoya qilib tanilgan shveycariyalik futbolchi bugun «Dallas»ning chap qanot himoyachisi hisoblanadi. 33 yoshli Retoning transfer bahosi 1 million evro.



Bastian SHvaynshtayger «CHikago Fayr»


1 avgustda 35 yoshni qarshilaydigan nemis futbolchisining transfer bahosi 2,25 million evro etib belgilangan.



Zlatan Ibragimovich «Los-Anjeles Gelaksi»

Zlatan 9 gol bilan chempionat to'purarlari ro'yxatida ikkinchi bo'lib turibdi. 38 yoshli «Gelaksi» hujumchisining taransfer qiymati 3,15 million evro.



Luish Nani «Orlando Siti»

Manchesterdan keyingi darbadarliklardan charchagan portugal «Orlando» libosini kiydi. Joriy mavsum 7 gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Uning transfer narxi 4,5 million evro qilib belgilangan.



Ueyn Runi «Di Si Yunayted»

33 yoshli Ueyn 15-turga kelib 7ta gol muallifiga aylandi. Uning transfer bahosi 7,2 million etib belgilangan. Runi MLSning eng qimmat futbolchilaridan biri hisoblanadi.



Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика