So’nggi yangiliklar

22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  5 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  77 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  9 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  16 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  2 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  10 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  4 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  7 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  4

MLS haqida nimalarni bilish lozim? Yangiliklar

MLS haqida nimalarni bilish lozim?

Ueyn Runi, Zlatan Ibragimovich kabi futbolchilar o'ynayotgan MLS ligasi haqida batafsil malumotlar bilan tanishib oling.

MLS – AQSH va Kanada klublari uchun yuqori divizion ligasi. 1994 yil AQSHda o'tkazilgan jahon chempionati dasturining bir qismi sifatida 1993 yil 17 dekabrda tashkil etilgan. Birinchi mavsum 1996 yil 10 jamoa ishtirokida o'tkazildi. Tashkilotning shtab-kvartirasi Nyu-York shahrida joylashgan bo'lib, liga rahbari lavozimida 1999 yildan buyon Don Garber faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunga kelib, jamoalar soni 24 ta bo'lsa, 2020 yilda 26taga etkaziladi. Ushbu ligada AQSH futbol Federaciyasi tomonidan ruxsat berilgan 24 jamoa ishtirok etmoqda. Jamoalardan 21tasi AQSH, 3tasi ("Vankuver", "Monreal" va "Toronto") esa Kanada vakili hisoblanadi. MLS muntazam chempionati 2 mart kuni start oldi va 6 oktyabrga qadar davom etadi.



Joriy yilgi mavsum formatiga ko'ra jamoalar 12tadan ikkita konferenciyaga bo'lingan. Ikkita konferenciyaga bo'lishda geografik jihatlar inobatga olingan. Musobaqa jami 34ta turdan iborat. Har bir jamoa o'z konferenciyasidagi raqiblariga qarshi ikkitadan o'yin o'tkazadi (uy-mehmon tizimida, jami 22ta tur).

Boshqa konferenciya jamoalarining har biri bilan bittadan bahsda maydonga tushadi. Klublar begona konferenciya jamoalariga qarshi 12ta turning teng yarmini o'z maydonida, xuddi shunchasini mehmonda o'tkazishi belgilab qo'yilgan.

Mavsum yakunida o'z konferenciyasida birinchi bo'lgan jamoalar ”MLS Supportes shield” mukofoti bilan taqdirlanadi va KONKAKAF chempionlar ligasiga yo'llanma taqdim etiladi.



Ikkala konferenciyadan turnir jadvalida yuqori etti o'rinni egallagan jamoalar o'z konferenciyasi chempionligi uchun pley-off bosqichiga yo'llanma oladi. Ushbu bosqich 19 oktyabrdan 10 noyabrga qadar o'tkaziladi. Turnir jadvalida 2dan 7gacha bo'lgan o'rinni egallagan jamolar yarim finalga chiqish uchun bir o'yindan iborat o'tish bahsida ishtirok etishadi.

1-o'rin sohiblari yarim final bosqichidan kurashga qo'shiladi. Yarim final va final uchrashuvlari 2ta o'yindan iborat bo'lib, turnir jadvalida yuqori o'rinni egallagan jamoa ikkinchi uchrashuvni o'z maydonida o'tkazadi. Konferenciya chempionligini qo'lga kiritgan jamoalar MLS kubogi chempionligi uchun alohida finalda o'ynashadi.

MLS kubogi chempioni, ”MLS Supportes shield” mukofotining har ikki konferenciyadagi sohiblari va Amerika ochiq chempionati g'olibi KONKAKAF chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.



MLSda quyi ligaga tushirib yuborish amaliyoti yo'q. Yani, MLSda qatnashayotgan jamoalar liganing muntazam ishtirokchilari sanalib, quyi ligalarga tushirib yuborilmaydi. Musobaqaning amaldagi chempioni "Atlanta Yunayted" jamoasi hisoblanadi. MLS birinchiligida “Los-Anjeles Gelaksi” eng ko'p (5 marta) musobaqa chempionligini tantana qilgan.




Fahriddin Ro'ziev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика