So’nggi yangiliklar

00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  0 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  4 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  9 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  13 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  6

Misr olimpiya terma jamoasi haqida nimalarni bilishimiz kerak yoxud "Faraon" yurti vakillari bilan tanishamiz Yangiliklar

Misr olimpiya terma jamoasi haqida nimalarni bilishimiz kerak yoxud "Faraon" yurti vakillari bilan tanishamiz

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Olimpiya o'yinlaridagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazadi. Bu galgi raqib Misr terma jamoasi haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Olimpiadadagi ishtiroklar

Misr olimpiya terma jamoasi o'z tarixida uch marotaba Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan. "faraon"larning musobaqadagi ilk debyuti 1992 yili Barselonada o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida sodir bo'lgan edi. Misr yoshlari Olimpiya o'yinlariga qita chempionlari sifatida yo'l olishgandi. O'zbekistonning bugungi raqibi o'sha musobaqa "B" guruhidan joy oladi va pley-off bosqichi yo'llanmasi uchun mezbon Ispaniya, Qatar va Kolumbiya olimpiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Birinchi turda kichik 0:1 hisobida Qatarga mag'lub bo'lgan misrliklar, ikkinchi turda ham mag'lubiyatga uchrashadi, ammo bu safar mezbon Ispaniyaga va 0:2 hisobida. Uchinchi turda esa Kolumbiya terma jamoasi 4:3 hisobida mag'lub etiladi, lekin Misr olimpiya terma jamoasi o'z yurishini guruh bosqichining o'zidayoq to'xtatadi. 1996,2000,2004,2008 yilgi Olimpiya o'yinlarining futbol musobaqasida misrlik futbolchilar ishtirok etishmaydi, yani saralash bosqichidan o'ta olishmaydi. Londonda o'tkazilgan XXX olimpiya o'yinlarida esa jamoa chorak finalga qadar etib boradi. Misrliklar "s" guruhida Braziliya, Yangi Zelandiya va debyutant Belarus olimpiya terma jamoalari bilan to'qnash keladi. Dastlabki turda Braziliyaga 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan arablar, ikkinchi turda Yangi Zelandiya bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekadi. Guruh bosqichining so'nggi bahsida esa debyutant terma jamoa Belarus 3:1 hisobida mag'lub etiladi. Misr 4 ochko guruhda ikkinchi o'rinni egallaydi. CHorak final bosqichida esa Yaponiya Misr terma jamoasiga raqiblik qiladi. London Olimpiadasida ishtirok etgan yosh Muhammad Saloxning ishtiroki ham Misr terma jamoasiga hech qanday foyda keltirmaydi. "faraon"lar "Samuray"lardan javobsiz uchta to'p qabul qilib oladi. Misr olimpiya terma jamoasi Rio-De-Janeyrodagi Olimpiya o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Tokiodagi musobaqada esa piramidalar yurti vakillari ishtirok etishadi. Ispaniya, Argentina va Avstraliya olimpiya terma jamoalari Misr bilan bir kvartetdan joy oladi. Birinchi turda Ispaniya bilan nursiz durang qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi turda Argentinaga kichik 0:1 hisobida imkoniyat boy berilgan. Avstraliya esa 2:0 hisobida mag'lub etilgan. Misr 4 ochko bilan guruh bosqichini ikkinchi o'rinda yakunlaydi. CHorak finalda esa Misrga musobaqaning bo'lajak g'oliblari Braziliya yoshlari raqiblik qilishadi. O'yin taqdirini esa 37-daqiqada Mateush Kunya tomonidan urilgan gol hal etadi.




Tarkib va murabbiylar

Misr olimpiya terma jamoasi Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga 22 nafar futbolchi bilan tashrif buyurgan. Barcha jamoalarga 3 nafar yoshi katta futbolchilarni chaqirishga ruxsat etilgan, ammo klublarning rad javobini eshitgan bosh murabbiy Rojerio Mikale 2 o'yinchi nomzodida to'xtadi. Bular — "Arsenal" xavbeki Muhammad El-Nenni hamda "Zemalek" yarim himoyachisi Ahmad "Zizo" Said. Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan futbolchilarning ro'yxati qo'yidagicha:

Darvozabonlar: Hamza Alaa, Ali Al Jabri, Muhammad Siha;

Himoyachilar: Karim Al Dabiis, Hossam Abdilmajid, Ahmad Said Abdilnabi, Muhammad Hamdi, Muhammad Tariq, Ahmad Eid, Muhammad Mag'rebi, Omar Faed;

Yarim himoyachilar: Muhammad El-Nenni, Ahmad Said Zizo, Ahmad Nabil Koka, Muhammad SHihata, Ziyod Kamol, Ibrohim Odil, Mahmud Sabir, Ahmad Atif, Mustafo Saad;

Hujumchilar: Bilol Mazhar, Usama Faysal.

Misr OTJsining jami transfer qiymati 6,25 million evroga teng(O'zbekiston OTJ transfer qiymati esa 27 million evroga teng). Tarkibdagi eng qimmat futbolchi esa "Fenerbaxche" azosi - Omar Faed. "Fenerbaxche" himoyachisining transfer qiymati 600 ming evroga baholangan. Misr olimpiya terma jamoasini braziliyalik mutaxasiss Rojerio Mikale boshqarmoqda. Aynan Rojerio Mikale Rioda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida Braziliya olimpiya terma jamoasi bilan oltin medallarni qo'lga kiritgan.


Tokio-2020

Tokiodagi musobaqada esa piramidalar yurti vakillari chorak finalga qadar ishtirok etishadi. Ispaniya, Argentina va Avstraliya olimpiya terma jamoalari Misr bilan bir kvartetdan joy oladi. Birinchi turda Ispaniya bilan nursiz durang qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi turda Argentinaga kichik 0:1 hisobida imkoniyat boy berilgan. Avstraliya esa 2:0 hisobida mag'lub etilgan. Eslatib o'tamiz, aynan Avstraliya terma jamoasi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi U23 Osiyo kubogining uchinchi o'rin uchun bahsida O'zbekiston terma jamoasini kichik 1:0 hisobida mag'lub etgan edi. Misr 4 ochko bilan guruh bosqichini ikkinchi o'rinda yakunlaydi. CHorak finalda esa Misrga musobaqaning bo'lajak g'oliblari Braziliya yoshlari raqiblik qilishadi. O'yin taqdirini esa 37-daqiqada Mateush Kunya tomonidan urilgan gol hal etadi.



Olimpiadadagi mashhurlar

Misr terma jamoasi safida Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan mashhur futbolchilar.

1. Muhammad Salox(London-2012)

2. Muhammad El-Nenni(London-2012, Parij-2024)

3. Ahmed Xegazi(London-2012, Tokio-2020)



Toshkentdagi bahs

Misr olimpiya terma jamoasi o'tgan yili Toshkentda Timur Kapadze shogirdlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etgan edi. Kurashlarga boy kechgan bahsda vakillarimiz 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.

16.10.2023

O'rtoqlik uchrashuvi.

O'ZBEKISTON - Misr 1:2

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Ruslan Serazetdinov, Aleksandr Sidorov, Rahimbek Karimov

Gol: Alisher Odilov (Husayn Norchaev) 27, Bilol Mazher (Ahmad Havash) 72, 1:1, Ziyod Muhammad

O'zbekiston - 12. Vladimir Nazarov, 3. Mahmud Mahammadjonov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Xojimat Erkinov, 11. Otabek Jo'raqo'ziev (Jasur Jaloliddinov,51) 13. Eldor Begimov (Odilbek Abdumajitov,66) 16. Asadbek Rahimjonov, 17. Abdurauf Bo'riev, 19. Xusayn Norchaev (Ruslan Jiyanov,66) 22. Alisher Odilov (6. Behzod SHamsiev,86) 25. Umarali Rahmonaliev (23. Diyorbek Holmatov, 85)

Zaxira: Boymurodov, Mirsaidov, Sultonmurodov, Ibragimov, Hoshimov, Esanov, Abdunabiev,

Misr: 1 Xamza Alaa Abdalla, 3. Omar Faed Abdulvaxob, 4. Axmed Eid Muhamma, 5. Hussam Abdulmajid Abdulsalom, 7. Mahmud Sabir Abdulmuhsin ( 24. Ahmad Said Abdu Nabi,80), 9. Osama Feysal Axmed, 11. Axmed Favzi (8. Arabi Bader Muhtor,54) 14. Axmed Atef El Savi (22. Ziyod Muhammad), 17. Muhammad Muhammad SHaxata, 19. Ali Mahmud Zaazaa, 27 Muhammad Hamdi (21. Muhammad Ashraf, 54)

Zaxira:16. Ali Muhammad Al Gabri, 23. Muhammad Ahmad Sehaa, 20. Muhammad Samir, 15. Muhammad Tariq Morad, 6. Mahmud Gehad Muhammad, 30. Ahmad Havash,

Ogohlantirish: Mahmud Mahamadjonov 45+3, Mahmud Mahamadjonov 53, Osama Feysal Ahmed 80, Bilol Masher 86

CHetlatish: Mahmud Mahamadjonov 53

Reyting:    

Fikrlar

+1   
27 iyu 15:51:27
✨Ғайрат Муҳаммад????
Фараонмас фиръавн оғайни, мундоғ илмни ошириб туринг, журналист бўлсангиз, жияним
+1   
27 iyu 12:26:07
International
1. Uzb transfer narxi 4 baravar qimmat;
2. Toshkentdagi o'yinda asosiy tarkib (Fayzullayev, Husanov) o'ynamagan;
3. Uzb deyarli 1 taym 1 kishi kam bo'lib o'ynagan;
4. Hakamlarni xatosi;

Shu faktorlar Uzb Misrga tasodif tufayli yutqizgani va aslida kuchliroq ekanligiga ishontirvotti. Faqat konsentratsiyani yo'qotib xato qilmaslik kerak. Misr yaxshi himoyalanadi, Uzb xato qilishini kutadi, Uzbda ko'p vaziyat bo'lmasa kerak, borida foydalansa va himoyada xato qilmasa Uzb g'alaba qozonadi.
+1   
27 iyu 12:23:24
FREND UZBEKISTAN
Toshkentda o'tgan o'yinda ufa tayinlagan o'z hakamimiz rosa mehmonnavozlik qilgandi raqiblarga penalti sovg'a qilib bitta o'yinchimizni chiqarib yuborib bitta golimizni hisoblamagandi.
   
27 iyu 18:04:55
Abdullayev3010
Adminlar sal etiborli bo'linglar, Misr olimpiya jamoasi bozor qiymati 13,73 mln
   
27 iyu 16:52:47
Asqarov Tursunboy
У́зимизда бу́лган у́йинда хакамларимиз у́зимизга карши у́йнаб Мисрга галабани тортик килганди
   
27 iyu 16:20:50
Rasul Matkarimov
International foydalanuvchining fikriga javob berish
1. Uzb transfer narxi 4 baravar qimmat; 2. Toshkentdagi o'yinda asosiy tarkib (Fayzullayev, Husanov) o'ynamagan; 3. Uzb deyarli 1 taym 1 kishi kam bo'lib o'ynagan; 4. Hakamlarni xatosi; Shu faktorlar Uzb Misrga tasodif tufayli yutqizgani va aslida kuchliroq ekanligiga ishontirvotti. Faqat konsentratsiyani yo'qotib xato qilmaslik kerak. Misr yaxshi himoyalanadi, Uzb xato qilishini kutadi, Uzbda ko'p vaziyat bo'lmasa kerak, borida foydalansa va himoyada xato qilmasa Uzb g'alaba qozonadi.
Hudo Hohlasa deng
   
27 iyu 16:18:22
Rasul Matkarimov
Misir tarkiida xozir eng qimmat oyinchi Muhammad El Neny Arsenal futbolchisi yo u xisobmasmi transfermarket 3.5milyon evroga baxolagan
   
27 iyu 15:35:04
Бахтиёр Ашуров
FREND UZBEKISTAN foydalanuvchining fikriga javob berish
Toshkentda o'tgan o'yinda ufa tayinlagan o'z hakamimiz rosa mehmonnavozlik qilgandi raqiblarga penalti sovg'a qilib bitta o'yinchimizni chiqarib yuborib bitta golimizni hisoblamagandi.
Балки ўша ҳакамни меҳмоннавозлиги бугун асқотишиям мумкин!
   
27 iyu 14:54:52
Odilbek Abdushukurov
International foydalanuvchining fikriga javob berish
1. Uzb transfer narxi 4 baravar qimmat; 2. Toshkentdagi o'yinda asosiy tarkib (Fayzullayev, Husanov) o'ynamagan; 3. Uzb deyarli 1 taym 1 kishi kam bo'lib o'ynagan; 4. Hakamlarni xatosi; Shu faktorlar Uzb Misrga tasodif tufayli yutqizgani va aslida kuchliroq ekanligiga ishontirvotti. Faqat konsentratsiyani yo'qotib xato qilmaslik kerak. Misr yaxshi himoyalanadi, Uzb xato qilishini kutadi, Uzbda ko'p vaziyat bo'lmasa kerak, borida foydalansa va himoyada xato qilmasa Uzb g'alaba qozonadi.
Bugun Shomurodov, Oʻrunov ham bor. Aliqulov, Husanov, Fayzullayevdan tashqari.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика