M.Ismoilov: "Neftchi" zamonaviy akademiyaga ega bo'ladi" (video)
20 jan 2014 16:20
Yangiliklar
M.Ismoilov: "Neftchi" zamonaviy akademiyaga ega bo'ladi" (video)
Garchand "Neftchi"ni ko'plab futbolchilar tark etgan bo'lsa-da, Murod Ismoilov eng shimarib ishga kirishib ketganligini ko'ryapmiz.
"Metallurg"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida farg'onaliklar o'yini ancha sermazmun bo'ldi. Ammo ikkinchi bo'limda tarkibni tubdan yoshartirilishi natijasida bekobodliklar g'alabani ilib ketdilar. O'yindan so'ng Murod Ismoilov saytimiz uchun Farg'ona futbolining kelajak rejalari haqida gapirib berdi.
- "Neftchi" zamonaviy klub darajasiga chiqishi uchun nafaqat futbolchilarni, balki infrastrukturaning ham sifatini oshirimiz kerak. Bu yo'lda aniq bir dastur ishlab chiqildi. Yangi mavsumda yangi stadionga ega bo'lamiz. SHu bilan birga zamonaviy futbol akademiyamiz ham qad ko'taryapti. U erda barcha sharoitlar muhayyo qilinadi. Akademiya nafaqat Farg'ona, balki Quvasoy, Qo'qon, Marg'ilon uchun ham faoliyat olib boradi. Qo'shni viloyatlardan ham yosh charm to'p ustalari kelib shug'ullanishi mumkin. Bazamizda esa mashg'ulot o'tkazish uchun ikkita maydon qurildi. Bu mashg'ulotlarning sifatini oshirishi aniq.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar